ORKESTRDA CHANG CHOLG‘USINING MAQSADI VA VAZIFASI
Keywords:
Musiqa, cholg‘u, chang, ijro, orkestr, san’at, kompozitsiya, dirijyor.Abstract
Mazkur maqola orkestr tushunchasi, uning tarixi, tarkibi va ijrochilik xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Orkestrning turli turlari, jumladan, simfonik, duxovoy, torli, estrada va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlari tahlil qilinadi. Shuningdek, orkestrning o‘quv jarayonidagi ahamiyati, orkestr sinfi darslarida talab etiladigan ko‘nikmalar va ular orqali o‘quvchilarda rivojlantiriladigan fazilatlar batafsil yoritilgan. Maqolada dirijyorlik san’atining o‘ziga xos jihatlari, dirijyorning vazifalari va orkestr ijrosini boshqarishdagi roli haqida to‘liq tasavvur beriladi. Orkestr guruhlarining joylashuvi, ijro amaliyotida o‘zbek xalq cholg‘ularining o‘rni va ularga moslab yaratilgan kompozitsiyalar haqida fikr yuritiladi. Xususan, maqolada chang cholg‘usining o‘ziga xosligi, uning orkestrdagi o‘rni va unga bag‘ishlangan yirik asarlar, jumladan, A. Otajonov, I. Hamroyev kabi kompozitorlar ijodida uchraydigan konsertlar haqida so‘z boradi. Ushbu maqola orkestrga oid nazariy bilimlarni kengaytirish va o‘zbek milliy cholg‘ularining ijrochilik madaniyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
Downloads
References
Darvеsh Ali Changiy. Risolai musiqiy. O‘zR FA ShI-1, invеntar № 468
Hamidov H. “Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o‘rta asrlar san’ati tarixidan” Toshkent.: “Yozuvchi” 1995 y.
A.Petrosyans.A. Odilov.”Chang darsligi” -T.: 1976 y.
A. Liviyev “O‘zbek milliy cholg‘usozlik tarixi” -T.: 2002 y.
Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). MUSIQA SAVODXONLIGINING TARBIYAVIY AHAMIYATI. Научный Фокус, 2(20), 714-718.
Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). MUSIQA SAVODXONLIGINING BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI PEDAGOGIK ASOSLARI. WORLD OF SCIENCE, 7(12), 234-237.
Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71.
Ibrohimov, A., & Maxkamjanov, S. (2023, February). OPERA SAN'ATINING VOKAL JANIRI. In Международная конференция академических наук (Vol. 2, No. 2, pp. 175-177).
Maxkamjanov, S., & Ibrohimov, A. (2023). NAY CHOLG’USI IJROCHILIK SAN’ATI TARIXI VA RIVOJLANISH JARAYONI. Инновационные исследования в науке, 2(2), 37-40.