YER OSTI KONLARIDA RUDA TANALARINI QAZIB OLISH TIZIMLARINI TANLASH MEZONLARI

Authors

  • Toshpo‘latov Husan Sherzod o‘g‘li Author
  • Mislibayev Ilxom Tuychibayevich Author

Keywords:

Yer osti konchilik, ruda tanalari, qazib olish tizimlari, tanlash mezonlari, geologik sharoitlar, atrof tog‘ jinslari, ruda yo‘qotilishi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qulatib qazib olish, magazinlab qazib olish, mustahkamlab qazib olish, ekologik talablar, avtomatlashtirilgan texnologiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish tizimlarini tanlash mezonlari va ularning ilmiy asoslari yoritilgan. Konchilik sanoatining rivojlanishi, ruda tanalarining murakkab geologik sharoitlari, chuqurlashib borishi va ekologik talablarning kuchayishi qazib olish tizimlarini to‘g‘ri tanlash muammosini dolzarb etmoqda. Noto‘g‘ri tanlangan tizim ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishini 20–30 foizga oshirishi, ishlab chiqarish unumdorligini pasaytirishi, kon ishlarining xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada ruda konlarini qazib olish tizimlarining tasnifi (M.D.H. tashkilotiga a‘zo davlatlar olimlari tomonidan ishlab chiqilgan) tahlil etilib, qazib olish bo‘shlig‘ining holatini boshqarish asosida sinflarga bo‘linishi ko‘rib chiqiladi. Tanlash mezonlari atrof tog‘ jinslari va rudaning fizik-mexanik xususiyatlari, kon-geologik sharoitlar (ruda qalinligi, chuqurligi, suv ko‘pligi) va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga (ruda yo‘qotilishi, unumdorlik, xavfsizlik) asoslanadi. Tadqiqot natijalari konchilik korxonalarining samaradorligini oshirish, ekologik va iqtisodiy foydani ta’minlashga xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Mislibayev I.T. Yer osti konchilik ishlari jarayonlari va texnologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – B. 160-163.

Bakirov G.X. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. – B. 157-165.

Mislibayev I., Umarov F. Yer osti konchilik ishlari texnologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. – B. 70-73.

Norov Y.D. Konchilik ishi texnologiyasi. – Navoiy: NDKI, 2021. – B. 112-115.

Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish asoslari. Arxiv.uz, 2023.

Foydali qazilma konlarini yer osti usulda qazib olish. BIMM.uz, 2022.

Underground Mining Methods. Penn State University, 2023.

Methodology for underground mining method selection. ResearchGate, 2025.

Underground mining method selection by decision making tools. ScienceDirect, 2008.

Downloads

Published

2025-12-07