DAUGIZTAU OLTIN KONINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISHDA SIKLIK TRANSPORT TIZIMLARINI ASOSLASH
Keywords:
Ochiq usulda qazib olish, siklik transport tizimlari, Daugiztau oltin koni, konveyer transportini optimallashtirish, konveyer integratsiyasi, gibrid sxema, geotexnologik sharoitlar, ekologik barqarorlik, xavfsizlik choralari, unumdorlikni oshirish.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining konchilik sanoatida muhim o‘rin tutadigan Daugiztau oltin konida ochiq usulda qazib olishda siklik transport tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishlari va ularning ilmiy asoslari yoritilgan. Konning yillik ishlab chiqarish hajmi 2–3 million tonnani tashkil etib, chuqurlashib borishi (hozirgi 400–600 m, transport xarajatlarini 30–40% ga oshirishi va ag’darma hajmini yiliga 1–2 mln m³ ga ko‘paytirishi mumkin. Maqolada siklik transport tizimlarning hozirgi holati (geologik tuzilish: ruda tanasi,sulfidli minerallashgan zonalar; geomexanik parametrlar) tahlil etilib, takomillashtirish yo‘nalishlari – konveyer transporti jarayonlarini optimallashtirish (sensorli boshqaruv, induksion yuklash), konveyer integratsiyasi (gibrid sxema, lentali konveyerlar 1,9–2 km uzunlik, 45° burchak) va ekologik xavfsizlik choralari batafsil ko‘rib chiqiladi.O‘zbekiston sharoitida (Muruntau lentali konveyer, 27 mln m³/yil qo‘shimcha quvvat) taklif etilgan yondashuvlar asoslab beriladi, bu siklik vaqtni 8–10 daqiqaga qisqartirib, unumdorlikni 20–25% ga oshiradi, transport xarajatlarini 25–30% ga kamaytiradi va ekologik ta’sirni 15–20% ga minimallashtiradi. Tadqiqot natijalari konchilik korxonalarining samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va O‘zbekiston oltin sanoatining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Downloads
References
Sagatov N.H. et al. Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash. – Toshkent: Kamalak Press, 2015. – B. 120–140.
Tomakov P.I., Naumov I.K. Ochiq kon ishlari texnologiyasi, mexanizatsiyasi va kon ishlari tashkil qilish. – Moskva: Konchilik instituti nashriyoti, tarjimasi: Normatova M.J., [nashr yili]. – B. 180–220.
Normatova M.J. Konchilik ishi asoslari (Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish asoslari). – Navoiy: NDKI, 2022. – B. 90–110.
Atakulov L., Haydarov S. Development of an effective periodic flow technological scheme in the conditions of Daugiztau quarry. – World Journal of Engineering Research and Technology, 2021. – B. 1–10.
Mining Technology. Muruntau Gold Mine. – 2021. – B. 1–5.
IM-Mining. NMMC expanding ore conveyor network at Muruntau in Uzbekistan. – 2024. – B. 1–3.
Rudmet. Improvement of cyclical-and-continuous system design in open pit mining. – 2023.
Discovery Alert. Expanding Muruntau Deposit to Boost NMMC Production Volumes. – 2025.
Optimization of haulage-truck system performance for ore production in open-pit mines using big data and machine learning-based methods. – Resources Policy, 2022.