AYOLLAR REPRODUKTIV TIZIMI GORMONAL FUNKSIYA, JINSIY GORMONLAR VA ULARNING AYOL ORGANIZMIDAGI ROLI

Authors

  • Qudratova Yulduz Zohidjonovna Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti Tibbiyot kafedrasi talabasi Author
  • Muzaffarov Jahongir Shavkat o‘g‘li Tibbiyot kafedrasi assistenti Author

Keywords:

Ayollar reproduktiv tizimi, jinsiy gormonlar,estrogen, progesteron, androgen, LH va FSH.

Abstract

Ayollar reproduktiv tizimining gormonal funksiyasi inson organizmining murakkab va muvozanatli jarayonlaridan biri bo‘lib, u jinsiy yetilish, hayz sikli, homiladorlik, tug‘ruq va menopauza kabi muhim bosqichlarni boshqaradi. Ushbu maqolada ayol organizmida ishlab chiqariladigan asosiy jinsiy gormonlar – estrogen, progesteron, androgenlar (testosteron), follikulostimulyatsiya qiluvchi gormon (FSH), lyuteinlashuvchi gormon (LH) va prolaktin – ning roli va ta’siri keng yoritiladi.Maqolada estrogen gormonlarining nafaqat jinsiy yetilish va hayz siklini boshqarish, balki suyak mustahkamligi, yurak-qon tomir tizimi, teri holati va kayfiyatga ta’siri ham muhokama qilinadi. Progesteron gormoni, ayniqsa, homiladorlik jarayonida muhim rol o‘ynab, bachadon shilliq qavatining tayyorlanishiga, homilaning rivojlanishiga va organizmdagi gormonal muvozanatning saqlanishiga xizmat qiladi. Androgenlar, jumladan, testosteron gormoni, ayollarda mushak va suyak to‘qimalarining rivojlanishi, libido va kayfiyatni tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, FSH va LH gormonlarining tuxumdon faoliyatiga, ovulyatsiya jarayoniga va reproduktiv salomatlikka ta’siri tahlil qilinadi

Downloads

Download data is not yet available.

References

Shagazatova B. X.“Endokrinologiya”.2020. 492 bet

Shagazatova B. X. “Endokrinologiya”. 2021.464 bet

Shlomo Melmed, Kenneth S. Polonsky, P. Reed Larsen, Henry M. Kronenberg "Williams Textbook of Endocrinology".2019 453-bet

Ginekologiya" kitobi, mualliflari F.M. Ayupova va Y.K. Jabborova, 2008.194-bet

Q.R.To‘xtayev, F.X.Azizov, M.A.Abduraxmonov, E.A.Tursunov, K.I.Rasulov, M.X.Rahmatova. Gistalogiya, sitologiya va embrologiya. 2022-yil 486-bet

O.Talyaviya, SH.Q.Qodirov, A.N.Qodirov, SH.H.Hamraqulov, E.H.Halilov Normal fiziologiya.2007-yil.

Downloads

Published

2025-03-07