CHANG CHOLG‘USINING IJRO IMKONIYATLARI

Authors

  • Shermatov Elyor Mansurjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Author

Keywords:

Musiqa, cholg‘u, chang, ijro, orkestr, san’at, diapazon, amaliyot.

Abstract

Ushbu maqola chang cholg‘usining (dulcimer) O‘zbekistondagi tarixiy rivoji, texnik takomillashtirilishi va ijrochilik uslublarini yoritadi. 1930-yillarda chang cholg‘usining hajmi ixchamlashtirilib, diapazoni kengaytirilgani va xromatik tovush qatoriga moslashtirilgani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, chang cholg‘usining turli turlari — pikkolo chang, tenor chang va bas chang — yaratilgani hamda ularning umumiy diapazoni 5 oktavani tashkil etgani qayd etiladi. Maqola chang cholg‘usining jarangdor tembri va texnik imkoniyatlari tufayli ansambllar, xalq cholg‘ulari orkestrlari va yakkanavoz cholg‘u sifatida qo‘llanilishini ta’kidlaydi. Chang ijrochiligida urma zarb, cho‘p chertmak, sakratma zarb, tebratma, bog‘lama kabi ijro uslublarining qo‘llanilishi va ularning ijro amaliyotidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. 1960-yillarda cholg‘uning tovush diapazoni yana kengaytirilib, texnik imkoniyatlari oshirilgani haqida ham ma’lumot beriladi. Ammo bu jarayon davomida cholg‘uning milliy tarovati va jozibasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan tajribalar mavjudligi ham qayd etilgan. Maqolada chang cholg‘usining O‘zbekistondagi mohir ijrochilari, ularning ijodiy faoliyati va cholg‘uga qiziqayotgan yoshlarning ko‘payib borayotgani alohida ta’kidlangan. Shuningdek, maqom asarlarini ijro etishda chang cholg‘usining o‘rni va imkoniyatlari ham yoritiladi. Ushbu maqola chang cholg‘usi bilan bog‘liq tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun muhim ilmiy va amaliy manba hisoblanadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Laboratoriya rahbari A.Petrosyansning xalq sozandasi Orif Qosimov bilan oʻtkazgan suhbati (Qoʻlyozma). 12.XI.1960-y. // Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi “Milliy cholgʻu” IICHEL arxivi. Inv. №220

Oʻzbekiston davlar konservatoriyasi qoshidagi “Milliy cholgʻu” IICHEL arxivi.

A.Petrosyans.A. Odilov.”Chang darsligi” -T.: 1976 y.

Muallifning changchi sozanda Mahmud Alimatovdan yozib olgan suhbati 31.09.2005y.

Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). MUSIQA SAVODXONLIGINING TARBIYAVIY AHAMIYATI. Научный Фокус, 2(20), 714-718.

Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). MUSIQA SAVODXONLIGINING BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI PEDAGOGIK ASOSLARI. WORLD OF SCIENCE, 7(12), 234-237.

Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71.

Ibrohimov, A., & Maxkamjanov, S. (2023, February). OPERA SAN'ATINING VOKAL JANIRI. In Международная конференция академических наук (Vol. 2, No. 2, pp. 175-177).

Maxkamjanov, S., & Ibrohimov, A. (2023). NAY CHOLG’USI IJROCHILIK SAN’ATI TARIXI VA RIVOJLANISH JARAYONI. Инновационные исследования в науке, 2(2), 37-40.

Downloads

Published

2025-01-07