YASHASH HUQUQI TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Bobojonov Javoxir Islom o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

yashash huquqi tushunchasi, tabiiy huquqlar, qadimiy huquqiy tizimlar, yunon va Rim falsafasi, inson huquqlari, o‘rta asr falsafasi.

Abstract

Mazkur maqola insonning asosiy tabiiy huquqlaridan biri bo‘lgan yashash huquqi tushunchasi va uning nazariy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Yashash huquqi tushunchasi, tabiiy huquqlar nazariyasining asosiy tarkibiy qismi sifatida, insonning tug‘ma va ajralmas huquqi sifatida talqin etiladi. Ushbu maqola yashash huquqining tabiiy huquq sifatidagi o‘rnini, uning qadimiy yunon va Rim falsafasidagi dastlabki shakllanish jarayonini hamda o‘rta asrlardagi diniy va falsafiy qarashlar orqali rivojlanishini tahlil qiladi. Maqolada yashash huquqi tushunchasining tabiiy huquqlar doirasida qanday rivojlanganligi va ushbu tushunchaning shakllanishida qadimgi mutafakkirlarning qarashlari muhim o‘rin tutgani ko‘rsatiladi. Xususan, tabiiy huquqlar nazariyasida yashash huquqi insonning davlat va jamiyatdan mustaqil ravishda mavjud bo‘lib, inson tabiatining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Shuningdek, maqolada keyinchalik yevropalik faylasuflar tomonidan yashash huquqining yanada kengaytirilgan talqini va ushbu huquqning ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — yashash huquqi tushunchasi va uning tabiiy huquqlar negizida shakllanish yo‘llarini aniqlash hamda bu huquqning zamonaviy huquqiy tizimlarda tutgan o‘rnini ko‘rsatishdir. Ushbu maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim nazariy asos yaratib, yashash huquqi tushunchasining tabiiy huquqlar doirasidagi rivojlanishi va ahamiyati haqida chuqurroq tasavvur beradi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Mamasaliyevich, Xamdamov Isakjan. “Insonning yashash huquqi va uning kafolatlanishi.” Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 11.5 (2023): 44-45.

McCloskey, Henry J. “The right to life.” Mind 84.335 (1975): 403-425.

Opsahl, Torkel. “The right to life.” The European system for the protection of human rights. Brill Nijhoff, 1993. 207-223.

Murphy, Earl Finbar. "Has nature any right to life." Hastings LJ 22 (1970): 467.

Ramcharan, Bertrand G., ed. The right to life in international law. Vol. 3. Martinus Nijhoff Publishers, 1985.

Романовский, Г. Б. "Право на жизнь (общетеоретический аспект)." Известия высших учебных заведений. Правоведение 4 (2003): 180-190.

Бабаджанов, Исрофил Хусейнович. “Право на жизнь как абсолютная ценность.” Юридическая наука: история и современность 7 (2012): 16-20.

Перевозчикова, Елена Валерьевна. “Конституционное право на жизнь и репродуктивные права человека.” (2006).

Романовский, Г. Б. "Право на жизнь и право на самоубийство." Медицинское право 1 (2003): 38-42.

Пасмарнова, Вероника Евгеньевна. “К вопросу о понятии права на жизнь.” Наука. Общество. Государство 4 (2014): 108-115.

Downloads

Published

2024-11-07