YASHASH HUQUQINING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI
Keywords:
yashash huquqi, xalqaro huquq, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar pakti, o‘lim jazosi, qiynoqlarga qarshi kurash, inson huquqlari, xalqaro tashkilotAbstract
Mazkur maqola yashash huquqining xalqaro hujjatlar doirasida yuridik jihatdan mustahkamlanishini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, shuningdek, Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya kabi xalqaro hujjatlar orqali yashash huquqi qanday himoya qilinishi va mustahkamlanishi yoritiladi. Xususan, har bir davlat o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi lozimligi va fuqarolarning yashash huquqini himoya qilish uchun xalqaro hamjamiyatning bir qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqqani tahlil etiladi. Maqolada, shuningdek, o‘lim jazosi, qiynoqlarga qarshi kurash va inson hayotiga tahdid soluvchi har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tahlil orqali yashash huquqi nafaqat milliy darajada, balki xalqaro darajada himoya qilinishi zarurligi yoritib beriladi. Xalqaro hujjatlarda yashash huquqi masalasining yuridik jihatdan mustahkamlanishi davlatlarning inson huquqlarini ta’minlash borasidagi xalqaro majburiyatlariga qaratilgan. Maqola yashash huquqining xalqaro huquqiy me’yorlar orqali mustahkamlanishini yoritib, davlatlarning fuqarolarni yashash huquqiga tahdiddan himoya qilish borasidagi yuridik mas’uliyatlarini tushunish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi. Bu maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va xalqaro huquq mutaxassislari uchun dolzarb ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Downloads
References
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt. https://lex.uz/docs/-2640479
European Convention on Human Rights. https://www.echr.coe.int/documents/d/echr/convention_ENG
Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya. https://lex.uz/docs/-2655293
Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/convention-rights-child