EKZOGEN BIOLOGIK FAOL MODDALARNING YURAK SILLIQ MUSHAKLARGA TA’SIRI
Keywords:
silliq mushaklar, adrenalin, asetilxolin, ekzogen modda, yurak, qon bosimi, anafilaktik shok, midodrin, fludrokortizonAbstract
Ushbu maqolada ekzogen biologik faol moddalarning yurak va qon tomir tizimiga, xususan, yurak silliq mushaklariga ko‘rsatadigan ta‘siri o‘rganilgan. Silliq mushaklar organizmda muhim fiziologik funksiyalarni bajaruvchi mushak to‘qimalari bo‘lib, ular asosan avtonom boshqariladi. Ularning qisqarish va bo‘shashish jarayonlari asosan aktin va miozin filamentlari hamda kalsiy ionlari orqali amalga oshadi. Biologik faol moddalar – adrenalin, asetilxolin kabi kimyoviy birikmalar silliq mushaklar faoliyatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada anafilaktik shok, Familial Dysautonomia kabi holatlarda organizmda tabiiy ravishda ishlab chiqariladigan moddalar yetishmasligi sababli ekzogen (sun’iy) biologik faol moddalardan foydalanish zaruriyati asoslab berilgan. Shuningdek, midodrin va fludrokortizon kabi preparatlarning klinik qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi va ehtiyot choralari yoritilgan. Tadqiqotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, biologik faol moddalarning tashqi manbalardan kiritilishi hayot uchun xavfli vaziyatlarda muhim klinik ahamiyat kasb etadi hamda inson salomatligini saqlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Downloads
References
Guyton, A. C., & Hall, J. E. (2021). Textbook of Medical Physiology. 14th Edition. Philadelphia: Elsevier Saunders.
Hall, J. E. (2020). Guyton and Hall Physiology Review. 3rd Edition. Elsevier.
Boron, W. F., & Boulpaep, E. L. (2016). Medical Physiology. 3rd Edition. Elsevier.
Rang, H. P., Dale, M. M., Ritter, J. M., Flower, R. J., & Henderson, G. (2019). Rang and Dale’s Pharmacology. 9th Edition. Elsevier.
Brunton, L. L., Hilal-Dandan, R., & Knollmann, B. C. (Eds.). (2023). Goodman & Gilman’s: The Pharmacological Basis of Therapeutics. 14th Edition. McGraw-Hill Education.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. (2022). Farmakologiya fanidan o‘quv qo‘llanma. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
National Institutes of Health (NIH). (2024). Familial Dysautonomia (Riley-Day Syndrome) — Genetics and Management.
World Health Organization (WHO). (2023). Guidelines on the Clinical Use of Catecholamines in Emergency Medicine. Geneva: WHO Press.