QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I DOIRASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI

Authors

  • Xusnora Abdinabiyeva Sherali qizi TOSHKENT VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I BO’LIMI HODIMI Author

Abstract

Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) bo‘yin tovlash holatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilingan. Asosiy e’tibor soxta elektron hisob-fakturalar (EHF) rasmiylashtirish hamda yashirin aylanma orqali QQSdan qochish amaliyotlariga qaratilgan. Muallif ushbu muammolarni hal etish maqsadida “Soliq auditi raqamli nazorati” tizimini joriy etish, “Raqamli nazorat-kassa mashinalari” ma’lumotlarini QQS hisoblari bilan integratsiyalash va soliq to‘lovchilar uchun “Ochiq QQS reytingi” tizimini yaratish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, maqolada QQS tizimini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnologik yo‘nalishlarda aniq takliflar berilgan. Xususan, Soliq kodeksining tegishli moddalarini amaliyotga moslashtirish, soliq va bojxona organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini real vaqt rejimiga o‘tkazish hamda sun’iy intellekt asosida tahlil qiluvchi raqamli tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – https://lex.uz/docs/4756844

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti – Soliq siyosatini takomillashtirishga oid farmon va qarorlar. – https://president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi – Soliq siyosati, QQS islohoti bo‘yicha ma’lumotlar. – https://www.mf.uz

Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy sayti – QQS hisoboti, elektron hisob-fakturalar va raqamli nazorat tizimlari. – https://soliq.uz

Downloads

Published

2025-11-07