MILLIY INNOVATSION TIZIM MAQSADLARI

Authors

  • Akramova Aziza Abduvohidovna Author

Keywords:

Milliy innovatsion tizim, innovatsiyalar, ilmiy-texnikaviy yutuqlar, iqtisodiy rivojlanish, raqobatbardoshlik, integratsiya, innovatsion faoliyat barqaror rivojlanish.

Abstract

Taqqiqotda milliy innovatsion tizimning maqsadlari, asosan, mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga yo‘naltirilgan kompleks jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu tizimning asosiy vazifasi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni iqtisodiy sektorga muvaffaqiyatli joriy etish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etishdan iborat. Taqqiqotda milliy innovatsion tizimning samarali ishlashi uchun ta'lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va moliya sohalarining o‘zaro integratsiyasi, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmalarning tizimli rivojlanishi zarurligi ko‘rsatilgan. Bunday tizim o‘zining samaradorligini faqat davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta'minlash, innovatsiyalarni amalga oshirish va barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish orqali namoyon etadi. Taqqiqotda ta'kidlanganidek, milliy innovatsion tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishi mamlakatning global iqtisodiy muhitdagi o‘rnini mustahkamlash, resurslarni optimal taqsimlash va jamiyatning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan strategik yondashuvlarni talab qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Lundvall, B.-Å. (1992). National Systems of Innovation: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning. London: Pinter.

Nelson, R.R. (1993). National Innovation Systems: A Comparative Analysis. New York: Oxford University Press.

World Bank (2020). Innovation Policy Platform: National Innovation Systems – Concepts and Models. Washington, D.C.

UNCTAD (2021). Science, Technology and Innovation Policy Review: Uzbekistan. United Nations Conference on Trade and Development.

Islamov, B., & Yusupov, U. (2021). Innovatsion rivojlanish va raqobatbardosh iqtisodiyot. – T.: Iqtisodiyot va ta’lim nashriyoti.

Downloads

Published

2025-06-07