NEFTNI SUVSIZLANTIRISH VA TUZLARDAN TOZALASH USULLARI
Keywords:
neft, kreking, koalestsentsiya hodisasi,emulsiya, adsorbentAbstract
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorod-lardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420°C da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi. Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonil-gʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonil-gʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻta-rish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻlla-nadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turgʻunligini oshirish maqsadida uglevo-dorodlarni alkillash va izomerlash jarayonlari ham qoʻllanishi mumkin. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.
Downloads
References
Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov, Dilorom Xudayberdiyevna
Mirxamitova, Vays Nazrullayevich Jurayev “Neft-gaz kimyosi va fizikasi”. Toshkent 2014. 128-bet.
Богомолов А.И. Гайле А.А. Громов В.В. “ Химия нефти и газа” СПб:
Химия. – 1995- 448 с.
Мералиев С.А. Теляшев Э. Г. Хайрудинов И.Р. “Металлы в нефтяном сырье . Мир нефтепродуктов. “– 2007. – С. 1-5.
Готтих Р.П. Писотский Б.И. Журавлев Д. З. ДАН, 2008.-Т. 422,-С. 88-92.
Abidov B.A.” Neft kimyosi va fizikasi” . O’quv qo’llanma, Toshkent, 2000y
А. Д. Сулимов.” Каталитичиский реформинг бензинов.” – М. “Химия” 1986.
Р.С. Соколов “ Химия технология” т1. - М., Владос, 2000.