XITOYDA GENDER TENGLIGI VA AYOLLAR TARAQQIYOTI
Keywords:
Gender tengligi va ayollar taraqqiyoti insoniyat tomonidan adolat va tenglik sari intilishda doimiy mavzu bo‘lib kelmoqda, bu ijtimoiy taraqqiyot mezoni hamda barqaror rivojlanishning muhim maqsadidir. Xitoy erkaklar va ayollar tengligi konstitutsiyaviy tamoyiliga sodiq qolgan va uni mamlakat taraqqiyoti va ijtimoiy yuksalishning asosiy davlat siyosati sifatida ilgari surgan.Abstract
Mazkur tezisda Xitoy Xalq Respublikasida gender tengligi va ayollar taraqqiyoti yo‘nalishida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, huquqiy asoslar hamda institutsional mexanizmlar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ayollarning iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qaror qabul qilish va atrof-muhit sohalaridagi ishtiroki, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilgan tashkiliy va huquqiy choralar o‘rganiladi. Shuningdek, Xitoy tomonidan BMTning Pekin deklaratsiyasi va Amaliy harakatlar platformasi, CEDAW konvensiyasi kabi xalqaro hujjatlarni milliy siyosatga integratsiya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilgani, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan texnik va institutsional yordam, Xitoyning gender tengligini ilgari surishdagi global hissasini namoyon etadi. Xitoy tajribasi gender tengligi va ayollar huquqlarini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni o‘rganishda muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi
Downloads
References
The State Council Information Office of the People’s Republic of China. (2015). Gender equality and women’s development in China. Beijing: The State Council Information Office.
United Nations. (1979). Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women (CEDAW). New York: United Nations.
United Nations. (1995). Beijing Declaration and Platform for Action: Fourth World Conference on Women. Beijing: United Nations.
All-China Women’s Federation. (2010). Report on the status of women in China. Beijing: ACWF Publishing House.