FIRMA NOMIGA BO ‘LGAN HUQUQLARNI AMALGA OSHIRISHNING SHARTNOMAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Litsenziya shartnomasi tuzish tartibi va uning muhim xususiyatli xususida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1036-moddasida tegishli tushuntirishlar berib o‘tilgan. Unga ko‘ra litsenziya shartnomasi bo‘yicha xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan shaxs ikkinchi tarafga individuallashtirish vositasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi kelishuvi sanaladi.Abstract
Har bir huquqiy jarayonning huquqiy asosi bo‘lishi amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish ham taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma orqali mustahkamlanadi va tartibga solinadi. Ushbu jarayonda taraflar sifatida firma nomidan foydalanish huquqini berayotgan yuridik shaxs litsenziar, ushbu huquqlarni qabul qilib olayotgan boshqa yuridik shaxs esa litsenziat sifatida huquqiy maydonga chiqadi. Demak, firma nomidan foydalanish huquqini berish litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik shartnomasi asosida ruxsat berilishi mumkin.
Downloads
References
Intellektual mulk. Darslik. Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2019. 445-bet.
O‘zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonuni 18.09.2006 yildagi O‘RQ-51-son
Fuqarolik huquqi. Ikkinchi qism. –T.: Ilm-ziyo, 2008. 676-b.
O.Oqyulov. Intellektual mulk huquqi. I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. Toshkent, 2005 yil, 12-b
Rustambekov I, Nuridullayev A. Xorijiy mamlakatlar intellektual mulk huquqi. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2011. 48-b