OILADA EMOTSIONAL MUHIT VA UNING BOLA PSIXIKASIGA TAʼSIRI
Keywords:
oila, emosional muhit, bola psixikasi, mehr-muhabbat, muloqot madaniyati, ruhiy rivojlanish, tarbiya uslubi, psixologik salomatlik, xavfsizlik hissi, ota-ona munosabatlari, hissiy barqarorlik, o‘z-o‘zini baholash.Abstract
Ushbu maqolada oilaviy emotsional muhitning mazmuni, uning shakllanish omillari va bola psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Emotsional muhit oila a’zolari o‘rtasidagi hissiy aloqadorlik, mehr-muhabbat ifodasi, muloqot madaniyati hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilada iliq va barqaror emosional muhit mavjud bo‘lganda bola o‘zini xavfsiz his etadi, unda ijtimoiy moslashuvchanlik, muvozanatli hissiy holat, ijobiy “Men” obrazi va sog‘lom o‘z-o‘zini baholash shakllanadi. Biroq oilada konfliktlar tez-tez uchrashi, ota-onaning beparvoligi, hissiy sovuqlik yoki tajovuzkor munosabatlar bolada xavotir, tajanglik, o‘jarlik, o‘ziga ishonchsizlik va ijtimoiy faoliyatdan chekinish kabi psixologik buzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin.Maqolada ota-onaning tarbiyaviy uslubi, ularning nutq va muloqotdagi hissiy ohangi, jismoniy va ruhiy qo‘llab-quvvatlashning bola ruhiy salomatligiga ta’siri alohida asoslangan. Shuningdek, sog‘lom emotsional muhitni shakllantirishda mehr-oqibat, sabr, o‘zaro hurmat, tinglay bilish ko‘nikmalari hamda ota-onaning shaxsiy hissiy barqarorligi muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Yakuniy qismda oilada ijobiy emotsional muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Downloads
References
Nazarova N. (2020). Oilaviy munosabatlar va bolalarning ijtimoiy moslashuvi. Psixologiya ilmiy jurnali,
Qodirov, S. (2020). Shaxs rivojlanishida oilaning o‘rni. Toshkent: Fan.
Xolmatova, R. (2018). Oila tarbiyasida psixologik yondashuvlar. Buxoro: Iqtisod-Moliya.
Karimova, N. (2022). “Oilaviy muhit va bola psixikasi: tahlil va tavsiyalar”. Psixologik tadqiqotlar jurnali, 4(2), 34–45.
Z.T. Nishanova "Rivojlanish psihologiyasi. Pedagokik psixologiya".
Xasanova. O U "Maktabgacha taʼlim pedagogikasi "