JAHON XO’JALIGIDA TRANSMILLIY KORPORATSIYALARNING RO’LI

Authors

  • Matnazarov Umidjon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To’rtko’l fakulteti talabasi Author

Keywords:

kapital migratsiyasi, portfel investitsiyalar, to’g’ri investitsiyalar, TMK, transmillashuvning jahon iqtisodiyoti va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri.

Abstract

Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy  jahon ho’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ko’rinishlaridan  biridir. Kapital olib chiqish jahon ho’jaligining cho’qur rivojlanishi davrida rivoj  topib kelayotgan tavor olib chiqish monopoliyasini inqirozga uchratmoqda. Tovar  olib chiqishni to’ldiruvchisi va uning vositachisi bo’lib kapital olib chiqish xalqaro  iqtisodiy munosabatlar tizimida aniqlovchi omilga aylanib bormoqda. Jahon kapital bozorining zamonaviy ko’rinishi asosan XIX asirning oxiri XX  asirning boshlarida shakllandi. Ya’ni, bu davrda kapitalni echki muomaladan olib  (asosan TMKlar orqali ) maksimal darajada foyda olish maqsadida xorijga chiqarish uchun shart-sharoit yetildi. Jahon iqtisodiyotida rivojlangan kapital bozorlarini  moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda Jahon Banki va uning bo’limlari muhim ro'l o’ynamoqda.

BMT ekspertlarining fikricha transmilliy korporatsiyalar (TMK) “jahon  mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari” dan biri bo’lib hisoblanadi. 90-yillarning o’rtalariga kelib jahon xo’jaligida 40 mingdan ortiq  TMKlar mavjud bo’lib, ular o’z davlatlaridan tashqarida faoliyat qo’rsatib  kelayotgan 250 mingga yaqin sho’’ba korxonalarni ham nazorat qilib turishgan.  TMKlarning soni oxirgi yigirma yillar mobaynida 5 barobar ko’paygan edi (1970  yilda 7 mingta bunday firmalar ro’yxatga olingan). Hozirgi kunda jahon xo’jaligida  mavjud bo’lgan 100 ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu  jumladan moliyaviy mulki ham) boshqa davlatlar hududiga to’g’ri keladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Nazarova G.G., Xaydarov N.X. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2007,

Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtaev A.A. va boshq. Jahon iqtisodiyoti. Darslik. – T.: TDIU, 2005.

Lomakin V. Mirovaya ekonomika. Uchebnik. – M.: Yuniti-Dana, 2009.

Downloads

Published

2025-05-01