logo

DOCUZBASE LOYIHASIDA HAL QILINADIGAN MUAMMOLAR

Authors
  • Rustamov Islom Rashid o‘g‘li

    Urganch tumani 2-sonli texnikumning informatika fani oʻqituvchisi
    Author
Keywords:
DocUzBase, sog‘liqni saqlash tizimi, ma’lumotlar bazasi, tibbiy axborot tizimi, onlayn navbat, mobil ilova, Big Data, MVC arxitektura, API, raqamli tibbiyot.
Abstract

Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida uchraydigan muhim muammolarni raqamli texnologiyalar yordamida hal etishga qaratilgan DocUzBase loyihasi tahlil qilingan. Loyiha shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini soddalashtirish, tibbiy ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada onlayn navbatga yozilish, shifokorlar haqidagi ma’lumotlarni boshqarish, katta hajmdagi tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash va foydalanuvchi uchun qulay interfeys yaratish bilan bog‘liq muammolar yoritilgan. Shuningdek, DocUzBase loyihasining zamonaviy ma’lumotlar bazasi, MVC arxitekturasi va API texnologiyalari asosida ishlashi sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

References

Aslonov Q.Z. “DOCUZBASE – Milliy O‘zbek Shifokorlarining maʼlumotlar bazasi” — Pedagog Respublika ilmiy jurnali.

App Store ilova sahifasi “DocUzBase mobil ilovasi” — Apple App Store.

Maʼlumotlar bazasi haqida umumiy maʼlumot — O‘quv referatlari.

MVC va Big Data texnologiyalari integratsiyasi loyihalarda — IJSR maqolasi (DOCUZBASE mobil ilovasi haqida).

Cover Image
Downloads
Published
2025-12-29
Section
Articles