STANDARTLASHTIRISH TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA QAROR QABUL QILISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Mirjalol Odinaev O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bosh mutaxassisi E-mail: mirjalolodinayev0109@gmail.com Author

Keywords:

Bugungi kunda O‘zbekistonda texnik tartibga solish va standartlashtirish tizimini raqamlashtirish jarayoni izchil davom etmoqda. Bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan bir qator axborot tizimlari joriy etilgan bo‘lsa-da, standart loyihalarining ilmiy-texnik ekspertizasini o‘tkazish jarayoni hanuz ko‘p hollarda inson omiliga bog‘liq va subyektiv qarorlar bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bu esa qaror qabul qilishda kechikishlar, xatoliklar va resurslarning samarasiz ishlatilishiga olib kelmoqda.

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimida standart loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni sun’iy intellekt (SI) yondashuvlari orqali bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt vositalarining qaror qabul qilishdagi afzalliklari, ekspertiza jarayonini avtomatlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar taklif etiladi.

 

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2025-08-01