IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA'SIRI
Keywords:
Ijtimoiy tarmoqlar, salbiy ta'sir,yoshlar onggi, tarbiya, dunyoqarash, axborot texnologiyalari, virtual hayot.Abstract
Mazkur maqolada hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning virtuallashib borayotgani va bu narsa ayniqsa, yoshlar hayotida yaqqol ko`zga tashlanayotgani haqida fikrlar tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda kuchli mafkuraviy qurolga aylangan ekan, butun dunyo miqyosida mafkuraviy-goyaviy tahdidlarni targib qilishda muhim omil vazifasini otamoqda. Buni o‘z oldiga maqsad qilib olganlar uchun ijtimoiy tarmoq yoshlarning ongiga, qalbiga va ruhiyatiga ta’sir korsatishda muhim yo‘l bo‘lib xizmat qilmoqda. Ilm-fan, texnologiyalarning rivojlanishi va ommaviy axborot vositalarining shakllanishi hayotimiz uchun ijobiy ta’sir ko`rsatsada, lekin o`sib kelayotgan yoshlarning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfl ta’sir ko`rsatishi mumkin. Mazkur maqolada Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o‘rin tutayotganligi, uning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirlari va buni oldini olish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan