ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Keywords:
Bu borada O’zbekistonda huquqiy hujjatlar va qarorlar qabul qilingan.Abstract
Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar psixofiziologik rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan bolalardir. Ushbu atama "g'ayritabiiy bolalar", "rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar", "nogiron bolalar" kabi atamalar alohida ta’lim ehtiyojli bola jumlasiga almashtirdi. Jamiyatimizda nogiron bola, nuqsonli bola jumlalaridan foydalanmaslik maqsadga muvofiq. Shaxsni rivojlantirish va uning maqasadlarini ro'yobga chiqarish, shuningdek muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun alohida ta’lim ehtiyojli bolalarni o'qitish va tarbiyalashda qo'shimcha yordam ko'rsatishga alohida e'tibor qaratish lozim. L.S.Vigotskiy ham ijtimoiy muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir, degan g‘oyani ilgari surgan[2]. Alohida ta'lim ehtiyojli bolalarni ijtimoiy muhitga moslashishi, rivojlanishi va o'qitish uchun qulay psixologik va pedagogik sharoitlarni yaratish kerak.
Downloads
References
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori.
Выготский Л.С. Дефект и сверхкомпенсация. // «Проблема дефектологии». М., 1996. –С. 42.