BANK TIZIMIDA ICHKI AUDIT INSTITUTI: STRUKTURAL YONDASHUV VA STRATEGIC FUNKSIONALLIK
Keywords:
ichki audit, bank tizimi, risk-menejment, epistemologik yondashuv, raqamli texnologiyalar, boshqaruv, IPPF, komplayens, algoritmik audit, strategik audit, institutsional islohotlar.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy bank tizimida ichki audit institutining tutgan o‘rni va funksional ahamiyati chuqur tahlil etiladi. Ichki audit institutiga epistemologik yondashuv orqali qaralib, uni faqat tekshiruv mexanizmi emas, balki bilimlarni ishlab chiqaruvchi, risklarni aniqlovchi va boshqaruvni strategik yo‘naltiruvchi tizim sifatida tushuntiradi. Maqolada ichki auditning huquqiy va institutsional asoslari, xususan O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘rni va xalqaro standartlar — xususan IIA tomonidan ishlab chiqilgan IPPF doirasidagi amaliyotlar bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilingan. Ichki auditning riskga asoslangan modeli, komplayens, operatsion va IT auditi, shuningdek, strategik audit orqali bank faoliyatida qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib beriladi. Raqamli transformatsiya sharoitida audit jarayonlariga sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), avtomatlashtirilgan algoritmlar va blokcheyn texnologiyalari qanday ta’sir ko‘rsatayotgani yoritilgan. Maqola yakunida O‘zbekiston bank tizimi uchun amaliy tavsiyalar — ichki auditni boshqaruvning ajralmas, mustaqil va texnologik jihatdan ilg‘or elementi sifatida shakllantirish zarurligi asoslab beriladi. Ushbu tavsiyalar ichki audit institutining shaffoqlik, ishonch va barqarorlikni ta’minlashdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan.Downloads
Download data is not yet available.
Downloads
Published
2025-05-11