OROL BO`YIDA TEMIR TANQISLIK ANEMIYASINING KLINIK LABORATOR KO`RSATKICHLARNI BAHOLASH
Abstract
Temir tanqislik anemiyasi (TTA)- Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda kishi organizmida temir bioelementi yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik kasalliklari keng tarqalgan. «Respublikamizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlar temir tanqisligi kamqonli so‘rovi hech qanday natija bermadi. Bunday anemiyaning o'ziga xos xususiyati qon zardobida temir miqdorining pasayishi hisoblanadi (C.M Bahramov 2011y). Organizmning temirga bo‘lgan ehtiyoji (33 mg) tegishlicha qoplanib turadigan, xususan, ovqatdan har kuni 2 mg miqdorda temir so‘rilib, yo‘qotiladigan temir esa, erkaklarda 1,2 mg dan, ayollarda 2 mg dan ortmaydigan bo‘lsa, organizmdagi temir miqdori o‘zgarmay turaveradi (gomeostaz) va kamqonlik hodisasi yuzaga kelmaydi.