TURIZM SEKTORINING BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR: TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA
Keywords:
turizm sektori, barqaror rivojlanish, turizm infratuzilmasi, davlat-xususiy sheriklik, ekoturizm, raqamli texnologiyalar, xalqaro tajriba.Abstract
Ushbu maqola turizm sektorining barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Turizm industriyasi turar joy, transport xizmatlari, oziq-ovqat va ichimliklar, chakana savdo va turli tadbirlarni birlashtirgan kompleks iqtisodiy va madaniy soha sifatida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, Toshkent viloyati misolida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilingan: turistik zonalar, tog‘-chang‘i majmualari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari va transport yo‘nalishlari orqali barqaror turist oqimi ta’minlanishi, shuningdek, raqamli texnologiyalar va onlayn bronlash tizimlarining joriy etilishi xizmatlar sifatini oshirishdagi roliga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, maqolada Ispaniya, Turkiya va Yaponiya kabi davlatlarning turizmni barqaror rivojlantirish tajribalari keltirilgan, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarni muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha amaliyotlari tahlil qilingan. Xorijiy tajribalar asosida O‘zbekiston uchun barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan: davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekoturizm va madaniy yo‘nalishlarga ustuvorlik berish, mahalliy aholini turizm sohasida faol ishtirokchi sifatida jalb qilish.
Maqola turizm sektorining barqaror rivojlanishi uchun amaliy va ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi va mamlakatimiz turizm siyosatini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Downloads
References
Toshkent viloyati Turizm boshqarmasi joriy arxivi.
INTERNET MANBALARI:
Spanish Tourism Satellite Account. Year 2023. 26 December 2024. https://www.ine.es/
Turkish Tourism: 4 th World Power in 2024 with 56,7 million Tourist – Reflections for 2025. 27.06.2025. https://www.tornosnews.gr/en/tourism-businesses/
Japan tourism statistics. Visitors Arrivals to Japan and Japanese Overseas Travelers. September 2025. https://statistics.jnto.go.jp/en/graph/