“UZUM SAYLI” XALQARO FESTIVALI TOSHKENT VILOYATI TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Authors

  • Tashpulatov Xurshid Baxtiyarovich Toshkent viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Author

Keywords:

turizm iqtisodiyoti, festival turizmi, xalqaro festival, agroturizm, milliy iqtisodiyot, Parkent, “Uzum sayli”.

Abstract

Mazkur maqolada turizm sohasi zamonaviy globallashuv sharoitida jadal rivojlanib borayotgan yirik iqtisodiy tarmoqlardan biri sifatida tahlil etiladi. Xususan, xalqaro festival va anjumanlarning milliy iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Festival turizmining xizmatlar sektorini diversifikatsiya qilish, hududiy brendni shakllantirish, qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va mahalliy iqtisodiyotni jonlantirishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritilgan.

Tadqiqotda Toshkent viloyatining Parkent tumanida 2025-yil avgust oyida o‘tkazilgan “Uzum sayli” va Xalqaro vinochilik festivali misolida festival turizmining O‘zbekiston iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Gruziya tajribasi orqali xalqaro festivallarning hududiy iqtisodiyot va turizm salohiyatini oshirishdagi o‘rni solishtirma asosda ko‘rib chiqiladi.

Maqolada Donald Getzning “Event Tourism” nazariyasi, Greg Richardsning “Cultural Tourism” konsepsiyasi hamda Mathieson va Wallning turizmning iqtisodiy ta’siriga oid yondashuvlari nazariy asos sifatida qo‘llanilib, mahalliy an’ana va xalqaro tajriba sintezi festival turizmi istiqbollarini belgilab beruvchi strategik omil sifatida tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, festival turizmini rivojlantirish O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshligini oshirish, Toshkent viloyatini mintaqaviy turizm markaziga aylantirish hamda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Richards, G. (2006). Cultural Tourism: Global and Local Perspectives (pp. 257-263). New York, NY: Routledge.

Mathieson, A., & Wall, G. (1982). Tourism: Economic, Physical and Social Impacts (p. 113). London: Longman.

Getz, D. (1990). Festivals, Special Events and Tourism (pp. 116, 201-203). New York, NY: Van Nostrand Reinhold.

INTERNET MANBALARI:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Toshkent viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida [PQ-228-sonli qaror]. Lex.uz. https://www.lex.uz/uz/docs/-5993643

United Nations World Tourism Organization. (2024, 14 oktabr). UN Tourism Barometer. UNWTO. https://www.unwto.org/un-tourism-world-tourism-barometer-data

Downloads

Published

2025-11-01