MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI
Keywords:
maktabgacha yosh, “Ta’lim to‘g‘risi”gi Qonun (1992), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997), “Jismoniy tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun (2000), “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Kontseptsiya (2008, 2011), “Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida”gi Nizom (2007), “Bolajon” (2010) va Davlat talablari (2013).Abstract
Maktabgacha ta’limning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarninng bajarilishi ushbu “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi. Yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim yoshida bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning asab tizimi, suyak muskul sisitemalari jadal shakllanadi. Nafas olish organlari takomillashadi.
Downloads
References
Salixova G. “Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya tizimida jismoniy mashq-larning o‘rni” – B. 85-86. (“Jismoniy tarbiya va sport: davlat, jamiyat va shaxs” xalqaro ilmiy anjuman). Toshkent. 2005-yil.
Mavlonov A, Mamirova D, Xolikov A. “Jismoniy tarbiya va sport ta’limidagi muammolar echimi yo‘lida”. – B. 183–191. (“Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning mintaqaviy, pedagogik-psixologik, tibbiy-biologik asoslari” ilmiy-amaliy anjuman). Toshkent-Jizzax. – 2009-yil.
T.I. Osokina “Bolalar bog‘chasida jismoniy tarbiya”. “O‘qituvchi”. Toshkent. –1976.
“500 mashq va harakatli o‘yinlar”. 1-qism. O‘zDJTI nashriyoti. Toshkent. – 1999.
T.S.Usmonxo‘jaev, X.A.Meyliev "Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlar va asosiy harakatlanish mashqlari" (3-qism). Toshkent. 2004-yil. – B. 3–8