SURXONDARYO VILOYATIDA SEL HODISALARINING HOSIL BOʻLISHI VA UNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
togʻli va togʻ oldi hududlari, sel toshqinlari, statistik taxlil.Abstract
Surxondaryo viloyati hududida tez-tez kuzatiladigan sel hodisalari, tabiiy ofat sifatida, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zararlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotda, sel hodisalarining geografik va meteorologik sharoitlar bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari, ularning paydo bo‘lishi va omillari tahlil qilinadi. Sel oqibatlarining qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, aholi yashash sharoitlari va ekologik tizimlar uchun salbiy ta’siri, shuningdek, uning oldini olish yoki zararlarini kamaytirish choralari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot viloyatdagi sel hodisalarining kelib chiqishini tushunishga yordam berib, resurslarni boshqarish va tabiiy ofatlar bilan kurashishda yangi usullarni ishlab chiqishga imkon yaratadi. Yer sharining togʻli va togʻ oldi hududlarida sel hodisalari keng rivojlangan. Bunday hududlarda sel toshqinlarining tez-tez hosil boʻlishi ushbu hududlarning rivojlanishini sezilarli darajada murakkablashtiradi va xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Maqolada Surxondaryo viloyatida hosil boʻlgan sel hodisalarning statistik tahlili keltirilgan. Togʻ va togʻ oldi daryolari havzalarida joylashgan asosiy sel oqimi shakllanishi xavfi mavjud hududlarda sel hodisalarini har tomonlama oʻrganish, monitoring qilish, suv sifati va tirik organizmlarga salbiy ta’sirini oldini olish, zarur va tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
Downloads
References
Petrakov D.A., Chernomorets S.S., Viskhadzhieva K.S., et al. Putting the poorly documented 1998 GLOF disaster in Shakhimardan River valley (Alay range, Kyrgyzstan/Uzbekistan) into perspective, Science of the Total Environment (2018), https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2020.138287
Dergacheva I., Klimov S., Khamdamova G., Raximov Q., Apakhujayeva T. “Mudflow hazard in the foothill and mountainous regions of Uzbekistan” E3S Web of Conferences 263, 02019 (2021) FORM-2021 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126302019
Ахмедов М.А., Салямова К.Д. “Селевые явления в Узбекистане” Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси, Т. 2, № 2, 2018
Центр гидрометеорологической службы Республики Узбекистан (Узгидромет) «Обзор селевой деятельности по территории Республики Узбекистан» Ташкент – 2021г.
П.Баратов. Ўзбекистон табиий географияси. Тошкент “Ўқитувчи” 1996
“Journal of Natural Science” №2(11) 2023 y. https://natscience.jdpu.uz 11 “Oʻzbekiston respublikasi hududida sel toshqinlarining hosil boʻlishi va ularning statistik taxlili” Ibroximova N.B., Shoergashоva Sh.Sh., Omonov O.V., Karimov B.K
Surxondaryo viloyati geografik o’rni, tabiiy sharoiti va yer yuzasining tuzilishiga tabiiy geografik tavsif Ashurov J.S.,Choriyorova I.A.Экономика и социум, 2024
Surxondaryo viloyati iqtisodiy taraqqiyotida suv resurslarining tutgan o’rni. J. Ashurov, Q.A. Allanov - Молодые ученые, 2023