MUZEY EKSKURSIYASIDA ME’MORIY BITIKLARGA OID MA’LUMOTLAR YORITILISHI

Authors

  • Yunusov Komiljon Alimdjanovich Oriental universiteti ilmiy xodimi; O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi Tel.: +998 94 650-44-12 E-mail: komiljonyunuszoda@gmail.com https://orcid.org/0009-0005-4921-0943 Author

Keywords:

Epigrafika, muzey, bino maketi, Ulug‘bek madrasasi, ekskursovod, ekskursiya, hadis, ta’lim, qadimiy binolar.

Abstract

O‘zbekistondagi ko‘plab muzeylarda bino maketlari namoyish etilishini inobatga olsak, qadimiy obidalarda bitilgan epigrafik ma’lumotlarni sharhlashga ehtiyoj tug‘iladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida bu haqda savol beruvchilar uchrab turadi. Shu sababli, mazkur maqolada Mirzo Ulug‘bek madrasasidagi yozuvlar haqida ma’lumotlar havola qilindi. Xususan, qirqdan ortiq hadislarning tarjimalari keltirib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda, mazkur hadislar tanlanishiga oid sabablar, ularning qo‘llanishidan ko‘zlangan maqsadlar haqida ham fikr-mulohazalar taqdim etildi. Muzey ekspozitsiyasi haqida so‘zlab beruvchi asosiy mutaxassis ekskursovod bo‘lgani uchun, maqolamizda ekskursovodlar tomonidan me’moriy yodgorliklar tanishtirilishida e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Jumladan, qadimiy binolarning turlari, vazifalari, ulardagi devoriy yozuvlarning o‘qilishi, mazmuni va falsafiy-ma’rifiy jihatlarini yoritish masalalari mushohada qilingan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. “Al-jomi’ as-sahih” 1-jild. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991.

Mohammad Yusuf Siddiq. Epigraphy and Islamic Culture. – New York, 2016.

Alisher Navoiy. “Majolis-un nafois”. Manba: www.ziyouz.com

Амир Темур жаҳон тарихида. – Тошкент, Шарқ, 2001.

Бабаджанов Б. Эпиграфика Cамаркандского медресе Улугбека // Ars Islamica. – Moscow, 2016.

“Ўзбекистон обидаларидаги битиклар. Самарқанд. Регистон” – Тошкент: Uzbekistan today, 2015.

“Ислом энциклопедияси”. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2017.

Убайдулла Уватов. Буюк муҳаддислар. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1998.

Ergashev S. “Samarqand me’moriy yodgorliklari yozuvlari (tarixiy-manbaviy) tahlili”. Magistrlik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2016. – 84 b.

Yusupov I. Tarixiy obidalarda arab yozuvi ma’nolari // Tadqiqotlar jurnali. 23-son, 1-to‘plam, Oktyabr, 2023. – B. 119-122.

Downloads

Published

2024-07-01