INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI QO’SHMA OTLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
Qo‘shma so‘zlarni so‘z birikmasidan farqlashda semantik, grammatik (ma'no va shakl) belgi bilan bir qatorda fonetik belgiga ham asoslaniladi. [1] Qo‘shma so‘zlarning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, ular bir asosiy urg‘uga bo‘ysunadi va u oxirgi elementning so‘nggi bo‘g‘inida bo‘ladi. So‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z urg‘uli bo‘ladi.Abstract
Qo‘shma otlarning umumiy xususiyatlarini aniqlashdan avval, uning so‘z birikmasidan farqini aniqlab olishimiz zarur. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasini farqlash murakkab bo‘lishiga qaramay, tilshunoslikda bu borada talaygina ishlar olib borilgan. Shulardan biri O.S.Axmanovaning “So‘z bilan so‘z birikmasini farqlash haqida”gi doktorlik dissertatsiyasi hamda N.E.Yuldashevaning “Ingliz va ozbek tillaridagi qo‘shma otlarning funksional-pragmatik tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasidir.
Downloads
References
G‘ulomov F.G‘. O‘zbek tilida so‘z yasashning yo‘llari haqida. – T, 1949. – B.37.
Yuldasheva N.E. Ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma otlarning funksional-pragmatik tadqiqi.. Filol. fan. doktor. diss. – Toshkent 2021, – B 29
Uzbek tili grammatikasi. Sintaksis II tom – Toshkent “Fan” nashriyoti, 1976, – B.18
Hojiev A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992, – B.45
Hojiev A. O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takror so‘zlar. – T.: Fan, 1963, – B.26.
https://fayllar.org/pars_docs/refs/1233/1232557/1232557.pdf