OAVDA VOQEA–HODISA BAYONINING SHARTLANISHI VA TALQIN VARIATIVLIGI

Authors

  • Rasulov Zubaydullo Izomovich Doctor of Science, Professor Bukhara state Univercity, Bukhara, Uzbekistan ORCID ID 0000-0003-0554-1319 email: z.i.rasulov@buxdu.uz Author
  • Shodiyeva Dilshoda Sultonovna II year student of master degree Author

Keywords:

Zamonaviy media makonida bir xil voqea turli ommaviy axborot vositalarida xilma-xil shakllarda talqin qilinishi axborot diskursining tabiiy xususiyatidir va bu jarayon “bayon variativligi” tushunchasi bilan izohlanadi.

Abstract

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarida voqea–hodisalar bayonining variativligi va uni belgilovchi shartlovchi omillar chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mediabayonning nega turlicha shakllanishi, qaysi lingvistik, kognitiv, madaniy va siyosiy determinantlar bilan belgilanadi hamda bayonning interpretativ tabiati qanday vujudga kelishini ilmiy jihatdan asoslashdir. Maqola nazariy bazasi sifatida N. F. Alefirenko tomonidan ishlab chiqilgan “til tasviri”, “diskursiv ong” va “kommunikativ hodisa” konsepsiyalari hamda zamonaviy media diskurs nazariyalari asos qilib olingan. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, OAV matnlari voqelikning oddiy aks ettirilgan shakli emas, balki jurnalistning diskursiv ongidagi kognitiv tanlovlar, madaniy-etnik kodlar, til vositalarining figurativ imkoniyatlari, media platformalarning texnologik xususiyatlari hamda tahrir siyosati kabi ko‘p qatlamli omillar kesishgan holda yaratiladigan diskursiv konstruksiyadir. Shunday qilib, mediabayonning variativligi ijtimoiy-madaniy muhit, kommunikativ maqsad, auditoriya talabi va ideologik kontekst bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u ommaviy axborot vositalarida voqealarning qanday talqin qilinishini aniqlovchi asosiy mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Downloads

Download data is not yet available.

References

Alefirenko, N. F. (2023). Language imagery: discursive and modus creative. Russian Journal of Linguistics.

Fairklo, N. (1995). Media Discourse. London: Edward Arnold.

Fovler, R. (1991). Language in the News: Discourse and Ideology in the Press. Routledge.

Hall, S. (1997). Representation: Cultural Representations and Signifying Practices. Sage.

Schudson, M. (2003). The Sociology of News. W. W. Norton.

Van Diyk, T. A. (1998). Ideology: A Multidisciplinary Approach

Downloads

Published

2025-12-01