ISLOM MOLIYASINING KAMBAG‘ALLIKKA QARSHI KURASH VA ZAMONAVIY IQTISODIYOTDAGI ROLI

Authors

  • Yuldasheva Umida TDIU “Xalqaro moliya” kafedrasi DSc., professor umida_yu@mail.ru Author
  • Negmurodova Mulkiya TDIU, Moliya Fakulteti talabasi mulkiyanr@gmail.com Author

Keywords:

islom moliyasi, iqtisodiyot, Islom Taraqqiyot Banki, kambag‘allik, moliyaviy tizim, islomiy bank.

Abstract

mazkur maqolada islom moliyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’siri o‘rganiladi. Islom moliyasi bu faqatgina moliyaviy tizim emas, balki iqtisodiy adolat, ijtimoiy barqarorlik va halollik tamoyillariga asoslangan muqobil iqtisodiy model sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda ushbu tizimning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda Shariat me’yorlariga asoslangan asosiy tamoyillari, ya’ni ribo (foiz)ning taqiqlanishi, riskni sherikchilik asosida taqsimlash, haqiqiy aktivlarga tayanish va ijtimoiy mas’uliyat kabi tamoyillar keng tahlil qilingan. Bundan tashqari, tadqiqotda islom moliyasi konsepsiyasining zamonaviy global iqtisodiyotdagi roli, barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, hamda moliyaviy inqirozlar sharoitida uning barqarorligi tahlil qilinadi. Islom moliya institutlari va ularning faoliyat tamoyillari, jumladan mushoraka, murobaha, ijara kabi moliyaviy vositalarning iqtisodiyotdagi samaradorligi ham alohida o‘rganiladi. Shuningdek, islom moliyasi tizimini zamonaviy iqtisodiy muammolarning yechimi sifatida ko‘rib chiqiladi hamda uni ijtimoiy tenglik, iqtisodiy barqarorlik va halol tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi muhim vosita sifatida tahlil qilinadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyuldagi 23/4-son qarori

https://uz.wikipedia.org

https://www.lseg.com/en/insights/data-analytics

https://www.uzdaily.uz

Исломий молия асослари, 429 бет, Байдаулет Е.А, 2019.

https://kun.uz

Downloads

Published

2025-10-01