FIZIOTERAPIYA VA REABILITATSIYA FANINING RIVOJLANISHI VA TIBBIYOTDAGI O‘RNI
Keywords:
Fizioterapiya, reabilitatsiya, davolash mashqlari, tiklanish davri, tibbiyot, integratsiya.Abstract
Fizioterapiya va reabilitatsiya zamonaviy tibbiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan hisoblanib, bemorlarning sog‘ligini tiklash, ularning hayot sifatini yaxshilash va jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Fizioterapiya organizmga turli xil tabiiy va sun’iy jismoniy omillar – elektr toki, ultratovush, magnit maydoni, issiqlik, yorug‘lik hamda mexanik ta’sir orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatib, patologik jarayonlarni yengillashtiradi va tabiiy tiklanish mexanizmlarini faollashtiradi. Reabilitatsiya esa kengroq tushuncha bo‘lib, kasallik yoki jarohat oqibatida yo‘qotilgan funksiyalarni tiklash, bemorni ijtimoiy hayotga qaytarish va uning mehnat qobiliyatini tiklashga xizmat qiladi. Mazkur maqolada fizioterapiya va reabilitatsiya fanlarining o‘zaro integratsiyasi, klinik amaliyotdagi ahamiyati, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda bemorlarni kompleks davolash jarayonidagi roli yoritilgan. Shuningdek, ilmiy manbalarga asoslangan holda fizioterapiya usullarining samaradorligi, reabilitatsiyaning tibbiy, psixologik, ijtimoiy va kasbiy yo‘nalishlari batafsil tahlil qilinadi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda yurak-qon tomir, nevrologik, ortopedik hamda surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar soni ortib borayotgani, ularning hayot sifatini tiklash va sog‘lom jamiyat qurishda fizioterapiya va reabilitatsiya xizmatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu bois ushbu yo‘nalishning ilmiy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish, milliy sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llash va xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Downloads
References
Воробьёва, О. В. Физиотерапия: Учебник для медицинских вузов. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2021. – 560 с.
Гуревич, К. Г., & Иванова, Т. С. Медицинская реабилитация: современные подходы и технологии. – Санкт-Петербург: Питер, 2020. – 412 с
Соловьёв, А. В. Основы реабилитологии: учебное пособие. – Москва: Академия, 2019. – 368 с.
World Health Organization (WHO). Rehabilitation 2030: A Call for Action. – Geneva: WHO Press, 2017. – 45 p.
American Physical Therapy Association (APTA). Guide to Physical Therapist Practice. – 3rd edition. – Virginia: APTA, 2020.
Zuther, J. E. Lymphedema Management: The Comprehensive Guide for Practitioners. – New York: Thieme, 2018. – 480 p.
Campbell, S. K., Palisano, R. J., & Orlin, M. N. Physical Therapy for Children. – 6th edition. – Philadelphia: Elsevier, 2022. – 720 p.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish konsepsiyasi (2020–2025). – Toshkent, 2020. – 64 b.
Ходжаева, Н. Б. Fizioterapiya va reabilitatsiya asoslari: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Ibn Sino nashriyoti, 2021. – 250 b.
European Society of Physical and Rehabilitation Medicine (ESPRM). Standards of Rehabilitation Practice in Europe. – Brussels, 2019. – 87 p.