ANOR VA BOSHQA MEVALARNI SAQLASHGA MO‘LJALLANGAN ZAMONAVIY OMBORXONALARNING TEXNOLOGIK TIZIMLARI VA ULARNING SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Keywords:
anor, zamonaviy omborxona, sovutish tizimi, texnologik yechimlar, mahsulot sifati, samaradorlik, meva saqlash, eksportAbstract
Maqolada anor va boshqa mevalarni uzoq muddat davomida sifatini saqlagan holda saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy omborxona tizimlarining texnologik jihatlari tahlil qilinadi. Ushbu tizimlar haroratni barqaror saqlash, namlikni boshqarish va gaz tarkibini muvofiqlashtirish orqali mevalarning sifatini uzoq muddat saqlashga yordam beradi. Anor kabi tez buziluvchi mevalar uchun bu texnologiyalarning ahamiyati katta, chunki ular mahsulotni mavsumdan tashqari vaqtlarda saqlash va eksport qilish imkoniyatini yaratadi.
Zamonaviy omborxonalarda saqlash orqali mevalarning sifatini saqlash, ularning eksport salohiyatini oshirishga yordam beradi. Harorat va gaz tarkibini boshqarish, meva mahsulotlarining sifatini saqlab qolish va ularni bozorlarda raqobatbardosh qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bu texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy etish O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va eksport sohasining rivojlanishiga yordam beradi.
Downloads
References
Abdurahmonov, A. (2022). Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash texnologiyalari. Toshkent: Agroilm.
To‘raqulov, D. (2020). Sovitish texnologiyalari va ularning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni. Samarqand: Agrotexnoprogress.
Karimov, S. (2021). Meva eksporti va logistika tizimlari. Buxoro: Zamonaviy bosma.
Jo‘rayev, M. (2019). Qishloq xo‘jaligida texnik uskunalardan foydalanish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi.