SINONIMLAR IZOHLI LUG‘ATLARIDA SINONIMIK QATORLARNI TUZISH ASOSLARI

Authors

  • Saidova Farida Allayor qizi Renessans ta’lim universiteti dotsent v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Author

Keywords:

bosh so‘z, izohli lug‘at, leksema, lug‘at, mezon, sinonimiya, sinonimik qator, sinonimik qator a’zolari.

Abstract

O‘zbek tilshunosligida hozirgi kunda leksikografik tadqiqotlar va amaliy lug‘atchilikka alohida urg‘u berilmoqda. Xususan, lug‘at tuzish metodikasi bo‘yicha amaliy lingvistik tadqiqotlarning bajarilayotganligi, davlat grantlari asosida maqsadli loyihalarning amalga oshirilayotganligi, buning natijasi o‘laroq, lug‘atlarni takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalarning taklif etilayotgani – fikrimiz dalili. So‘zlararo leksik-semantik munosabatlar hamisha tilshunoslikning eng dolzarb masalalaridan hisoblangan. Jumladan, sinonimiya hodisasi o‘zining turli-tumanligi, tarkibiga boshqa hodisalarni qamrab olishi bilan ahamiyatli. Hozirgi kunda yaratilayotgan va dolzarbligi yuqori bo‘lgan sinonimlar izohli  lug‘atlarida sinonimik qatorlarni tuzish mezonlarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Sinonimik qatorning chegarasini belgilashda bosh so‘zning ahamiyati katta. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, lug‘aviy paradigmalarning bir qator sifatida namoyon bo‘lishi, har bir qatorning o‘z bosh so‘zi bo‘lishi tabiiy. Bitta leksemaning mazmuniy maydon hosil qiluvchi a’zolari mavjud bo‘lsa, umumiy ma’noga ega bo‘lgan bosh so‘z ham mavjud. Bundan tashqari sinonimik qator a’zolarining joylashish tartibi bo‘yicha ham ayrim mulohazalar keltirib o‘tilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Akobirov, S. F. 1960. “O‘zbek tili lug‘atining ba’zi bir masalalari.” O‘zbek tili va adabiyoti masalalari.

Akobirov, S. F. 1965. “O‘zbek tilining izohli lug‘atida qo‘shma so‘zlar.” O‘zbek tili va adabiyoti masalalari.

Akobirov, S.F. 1966.“O‘zbek tilining izohli lug‘atida frazeologiya.” O‘zbek tili va adabiyoti masalalari.

Akabirov, S.F. 1971. “O granitsax i istochnikax tolkovogo slovarya uzbekskogo yazыka.” Tyurkskogo leksikologiya i leksikografiya.

Gulyamova, Shahnoza, Bakhtiyor Mengliyev. 2019. “Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language.” Academia, Vol 1. No 1.

Hojiyev, A.P. 1981. “Sinonimiya.” O‘zbek tili leksikologiyasi. A.Hojiev, A.Axmedov. muharrirligida. 241 bet. Toshkent: Fan.

Khamroyeva, Sh.M., B.R. Mengliyev. 2019. “The authorship lexicography and authorship corpus.” Materialy mejdunarodnoy nauchnoy konferensii mejnauchnaya integratsiya: lingvodidakticheskiy, lingvokulturologicheskiy i psixolingvisticheskiy aspekty. 19-20 dekabrya

Mengliyev, B., R. Karimov. 2020. “Theoretical fundamentals of uzbek-english parallel corpus.” JOURNAL OF CRITICAL . Vol. 7, issue 17.

Musulmonova, K.Kh. 2020. “The concept of the linguistic exam and its meaning.” ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 10 Issue 11, November.

Ne’matov, H., R. Rasulov. 1995. “O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.” Toshkent: O‘qituvchi.

Sabirova, E. 2021.““O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da huquqiy terminlarning berilishi.”: Filol.fan.b. fal.dok. ...diss. Toshkent.

Sodiqov, A., A. Abduazizov, M. Irisqulov.1981. “Tilshunoslikka kirish.” Toshkent: O‘qituvchi.

“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati. I, II jild /N.Mahmudov tahriri ostida. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Downloads

Published

2024-07-01