SOYANI ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING FOTOSINTETIK POTENTSIALGA TA’SIRI
Keywords:
soya, bargdan oziqlantirish, fotosintetik potensial, xlorofill, quruq massa, sof fotosintez mahsuldorligi, barg yuzasi.Abstract
Mazkur maqolada soyani (Glycine max L.) ildizdan tashqari oziqlantirishning o‘simlik fotosintetik faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda turli o‘g‘it eritmalari va ularning konsentratsiyalari barg orqali qo‘llanilib, fotosintetik apparatning faoliyati, barg yuzasi maydoni, xlorofill miqdori va fotosintezning sof mahsuldorligi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bargdan oziqlantirish soyada fotosintetik potensialning oshishiga, quruq modda to‘planishining tezlashishiga hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, mikroelementlar va makroelementlar muvozanatli ravishda berilgan variantlarda fotosintetik jarayonlar jadallashib, o‘simlikning o‘sish davri davomida barqaror yuqori faoliyat kuzatildi. Maqolada fotosintezning yalpi va sof mahsuldorligi o‘zgarishlari hamda barg yuzasining shakllanish dinamikasi ilmiy asosda tahlil etilgan.
Downloads
References
Annamuratova D.R., Fozilov Sh.М., Saidova F.B. Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida turli soya navlarining fotosintetik ko‘rsatkichlari. J: Innovatsion texnologiyalar. 2016. №2(22) – B. 47-50.
Barchukova A.Y. Fotosinteticheskaya deyatelnost rasteniy risa pri ispolzovanii regulyatorov rosta / А.Y.Barchukova, N.S.Tomasheviya, N.V. Chernisheva, V.А.Lodatko, М.А.Lodatko // Risovodstvo. Nauchno-proizvodstvennniy jurnal.-2012.-№1 (20). – S.17-23.