MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV KOʻNIKMALARINI AKMEOLOGIK YONDOSHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
maktab direktori, boshqaruv ko‘nikmalari, akmeologik yondashuv, ta’lim sifati, rahbarlik, kasbiy rivojlanish, pedagogik menejment.Abstract
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishda akmeologik yondashuvning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Maktab direktori ta’lim jarayonining bosh tashabbuskori sifatida nafaqat ma’muriy, balki psixologik, pedagogik va kommunikativ jihatdan ham yetuk bo‘lishi zarur. Akmeologik yondashuv shaxsiy va kasbiy kamolotga yo‘naltirilgan bo‘lib, rahbarlarda o‘z-o‘zini anglash, strategik fikrlash, jamoani boshqarish, qaror qabul qilish va innovatsiyalarni joriy etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Maqolada maktab direktorlari faoliyatida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, ularga sabab bo‘layotgan omillar va akmeologik tamoyillar asosida samarali boshqaruvni tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Shu bilan birga, yetakchilik salohiyati, pedagogik refleksiya va kasbiy yanada o‘sish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuv asosida taklif etilgan tavsiyalar direktorlarning professional rivojlanishiga hamda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Downloads
References
Wlodkowski, R. J. (2008). Enhancing adult motivation to learn: A comprehensive guide for teaching all adults (3rd ed.). San Francisco: Jossey-Bass.
Арутюнян В.Э. Особенности мотивации профессионального развития педагога в системе повышения квалификации: диссертация кандидата психологических наук: 19.00.07 / Арутюнян Виктория Эсаиновна; [Место защиты: Юж. федер. ун-т].- Ростов-на-Дону, 2012. – 196 с.: ил. РГБ ОД, 61 1319/25.
Бажанова С.В. Акмеологические факторы развития мотивации профессионально-педагогической деятельности преподавателей высшей школы. – Ульяновск. 2004. – с 28.
Жаринов А.В. Развитие субъектности личности в системе акмеологического мониторинга: диссертация кандидат психологических наук. – М.: 2004. – с 219.