YAPON TILSHUNOSLIGIDA IBORA VA MAQOLLARNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi. Xalq maqollari tarixi oʻnlab asrlar bilan oʻlchanadi. Xalq maqollarining mazmun koʻlami inson hayotining turli sohalarini qamrab oladi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yoʻq ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham oʻlchab boʻlmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir eʼtiborga arzimaydigandek koʻrinuvchi lavhalardan tortib, chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida oʻz aksini topgan. Maqol va masallar har bir xalq ogʻzaki ijodining katta qismini tashkil qiladi. Maqolarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, iztiroblari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan bo‘ladi.
Downloads
References
imidas.jp
Mori, yapon tili (“3-son. Modallik. Tokio, Ivanami). - 2000
kotowaza-dictionary.jp
kotowaza-dictionary.jp