DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA JANUBIY KOREYA TAJRIBASI VA OʻZBEKISTON O’ZBEKISTON AMALIYOTI
Keywords:
Davlat fuqarolik xizmati, meritokratiya, Gongmuwon, korrupsiyaga qarshi kurash, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, shaffoflik.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning davlat fuqarolik xizmati tizimlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ikki davlatda davlat xizmatchilarini tanlash, tayyorlash va faoliyatini baholash tizimlarini solishtirish va ularning samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat. Maqolada O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati tizimining shakllanishi, qonunchilik bazasi, davlat xizmatchilarini tanlashdagi meritokratiya tamoyillari va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, Janubiy Koreyaning Gongmuwon imtihonlari va davlat fuqarolik xizmati imtihonlarini amalga oshirish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreyada davlat xizmatchilarini tanlash jarayoni shaffof va qat'iy mezonlarga asoslangan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu tizimda hali ham ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Xususan, O‘zbekiston davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni kuchaytirish zarurligi ta'kidlangan. Maqolada O‘zbekiston davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlari kadrlarni tanlash jarayonining shaffofligini oshirish, xalqaro tajribalarni keng joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashish institutlarining salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Downloads
References
Janubiy Koreya Davlat xizmati vazirligi (Ministry of Personnel Management). Manba: mpm.go.kr
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti. Manba: anticorruption.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni (PF-6013-son, 2020-yil 29-iyun) Manba: lex.uz
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi sayti Manba: asr.gov.uz
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun (2022-yil, O‘RQ-769-son)
Manba: lex.uz
Civil Service Aptitude Test (CSAT). Manba: korea.net
Ilmiy maqola: "Public Service Recruitment System in South Korea"
Manba: researchgate.net
8. Transparency International (2023)
Manba: transparency.org
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Jahon banki hisobotlari (2023)
Manba: worldbank.org
10. BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP). Manba: undp.org