RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON AXBAROT RESUSRLARINING ILM-FAN, TA’LIM VA BIZNESDAGI ROLI
Keywords:
Elektron axborot resurslari, raqamli iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim, biznes, innovatsiya, ochiq ilm, raqamli transformatsiya, axborot xavfsizligi, raqamli tengsizlik.Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron axborot resurslarining (EAR) ilm-fan, ta’lim va biznes sohalaridagi o‘rni, ahamiyati hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Elektron resurslarning ilmiy tadqiqotlarni tezlashtirish, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va biznesda innovatsiyalarni joriy etishdagi roli batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, ochiq ilmiy ma’lumotlar platformalarini yaratish, elektron kutubxonalar va raqamli ta’lim tizimlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil etilgan. Muallif tomonidan elektron axborot resurslaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar — raqamli tengsizlik, axborot xavfsizligi, intellektual mulkni himoya qilish va kadrlar malakasining yetarli emasligi — ilmiy asosda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha taklif va mulohazalar berilgan. Maqola yakunida elektron axborot resurslarini samarali boshqarish, ularni ilm-fan, ta’lim va biznesga integratsiya qilishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). “Yangi O‘zbekistonni raqamli transformatsiya qilish strategiyasi to‘g‘risida” PF–60-sonli Farmon. — Toshkent: Prezident.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2024). “Raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror. — Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2024). “Raqamli iqtisodiyotni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”. — Toshkent.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. (2023). “Ochiq ilmiy ma’lumotlar platformasi” loyihasi. — rasmiy axborot portali: www.oiiv.uz
Karimov, B. (2023). Elektron axborot resurslarining ta’lim tizimidagi o‘rni va istiqbollari. — “Axborot texnologiyalari va ta’lim” jurnali, №3(12), 45–52.
To‘xtayev, M. (2022). Raqamli iqtisodiyot va elektron boshqaruv tizimlari. — Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
Abdurahmonova, D. & Qodirova, N. (2021). Axborot resurslari va ularning biznesda qo‘llanilishi. — “Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy jurnali, №2(8), 63–71.