logo

XITOY SHOIRASI 冰心BING SIN SHE’RLARINING LINGVOPOETIK TADQIQIGA DOIR

Authors
  • Sodiqova Dilafruz Azimjon qizi

    TDSHU, Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi o’qituvchisi
    Author
Keywords:
lingvopoetik tahlil, ritorik so’roq, epitet, apostrofa, leksik qaytariq, sintaktik parallelizm.
Abstract

XX- asr xitoy adabiy muhitida ayollar she’riyatining tutgan o’rni beqiyos. Ayniqsa, mashhur nosir va shoira, o’qituvchi va tarjimon, xitoy xalqining sevimli qizi  冰心 Xie Bing Xin ijodini o’rganish, she’rlarini lingvopoetik tahlilga tortish orqali o’sha davr ijodiy muhitini, xitoy tili xususiyatlarini, mamlakat ayollarining orzu, maqsadlari, ichki dunyosini tom ma’noda asl bo’yoqlar bilan aks ettirgan bo’lamiz. Shu kungacha Bing sin ijodi o’zbek tilida chuqur tadqiq etilmagan. Ayniqsa lingvopoetik jihatdan o’rganilmagan. Ijodining aksariyat qismi ingliz va rus tillariga o’girilgan, xorijiy tillarda Bing Sin she’riyati bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Biroq, ona tilimizga uning ayrim she’rlarigina tarjima qilingan.

Ushbu maqolada shoiraning “bahor” haqidagi she’rlari lingvopoetik tahlilga tortilgan, stilistik xususiyatlari  bayon etilgan va  xitoy tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Ijodkor she’rlaridagi konnotativ ma’noni ifodalab kelgan til vositalarining xususiyatlarini tahlil qilish, she’rlarida qo’llanilgan  badiiy san’atlar, ritorik so’roqlarning o‘rnini belgilash, shuningdek, sintaktik parallelizm xususiyatlarini ochib berish, badiiy obrazlar sistemasining yoritilishi asosiy vazifalarimizdan biridir.

References

Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи. ДД. – Т., 2009.

Мирзаев И. Лингвопоэтик таҳлил–ижодий тафаккур соҳибини тайёрлашнинг бирламчи омили эканлиги ҳақида. Илмий тўплам 3-том. –Т.:ЎзМУ нашри, 2006, 81-83-б.

Рихсиева Г.Лингвопоэтик тадқиқ асослари бўйича мулоҳазалар//ЎТА. –T., 2003. -№2(4).-Б. 84-86.

Захарова, Н.В. Женская тема в творчестве Бин Синь // Проблемы литератур Дальнего Востока. Материалы V Международной научной конференции: В 3 т. — СПб.: Изд-во С.- Петербургского ун-та, 2012. — Т. 2. — С. 93– 97.

冰心. 繁星 (Бин Синь. Мириады звезд). — [Шанхай]: Изд-во Шанъу иньшугуань, 1923. — 90 с.

冰心全集第一卷。福建。1994年

冰心全集第二卷。福建。1994年

http://www.baidu.com

http://www.litres.ru

http://www.academia.edu

Cover Image
Downloads
Published
2024-11-01
Section
Articles