MUQIMJON NURMATOV HIKOYALARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLAR

Authors
  • Ruziboyev Bobir

    JDPU mustaqil tadqiqotchisi (PhD), Bulung‘ur tuman MMTB ga qarashli 69-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi boburroziboyev07@gmail.com
    Author
Keywords:
Muqimjon Nurmatov, qatra hikoya, ma’naviyat, axloq, qissachilik, allegoriya, oilaviy tarbiya, ma’naviy qashshoqlik, odamiylik, ramziy obraz, axloqiy muammolar.
Abstract

Maqolada Muqimjon Nurmatovning ma’naviy-axloqiy mazmun bilan sug‘orilgan qatra hikoyalari tahlil qilinadi. Muallifning “Nasihat”, “Hisobli dunyo ekan”, “Xushomadgo‘y”, “Ota o‘g‘il”, “Kampirsho”, “Ig‘vogarning o‘limi”, “Bemaza qovunning urug‘i”, “Dilozor”, “Ko‘rmaganning ko‘rgani…”, “Besh kunlik dunyo”, “Hayot boshqa” kabi hikoyalarida insonning ma’naviy qashshoqligi, noto‘g‘ri tarbiya, oilaviy munosabatlarning buzilishi, boylik va odamiylik o‘rtasidagi ziddiyat, hasad, xudbinlik, mehr-muruvvat kabi dolzarb masalalar yoritiladi. Shuningdek, “Kesib tashlashdi”, “Ildizi baquvvat”, “Boyo‘g‘li va kapalak” kabi allegorik qatra hikoyalarda ramziy obrazlar orqali inson ma’naviyatidagi bo‘shliqlar, ularning jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari falsafiy yo‘sinda talqin etiladi. Tadqiqotda Nurmatov hikoyalarining asosiy g‘oyasi — insonni ma’naviy poklik, odamiylik, mehr, halollik kabi yuksak fazilatlarga chorlash ekani ta’kidlanadi.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Muqimjon Nurmatov. Shaytondara. – T.: Sharq. 2008. – 110 b.

Belinskiy V.G. Adabiy orzular. –T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

A.Rasulov. Badiiylik –bezavol yangilik. –T.: Sharq, 2007.

D.Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –T.: Akademnashr. 2010.

Aristotel. Poetika. Axloqi kabir. –T.: Yangi asr avlodi. 2004.

Cover Image
Downloads
Published
2025-11-30
Section
Articles