PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ILGARI SUDLANGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING O`ZIGA XOSLIGI
Keywords:
Har qanday davlatning taraqqiyoti o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiya darjasiga bog’liqdir. Bunga erishish uchun, avvalo, jamiyat a’zolari, xususan, voyaga yetmagan va yoshlarning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy ongi, madaniyati yuqori bo’lishi talab etiladi. Bu borada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining o’ziga xos xususiyatlari, sabab va unga imkon bergan shartsharoitlarini aniqlash, mazkur jinoyatchilikning oldini olish dolzarb vazifa hisoblanadi.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi, profilaktika inspektorining ilgari sudlangan voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyatining tushunchasi, profilaktika chora-tadbirlarining bugungi kundagi holati va amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari.Bundan tashqari profilaktika inspektorining ilgari sudlangan voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish doirasidagi normalarning amaliyot tahlili hamda ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan protsessual xujjatlar, ushbu faoliyatdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bir qator takliflar. Profilaktika inspektorining ilgari sudlangan voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyati bo’yicha ilg’or xorijiy tajriba taxlili hamda milliy qonunchiligimizdan farqli va o’xshash tomonlari, shuningdek, yuqorida keltirib o’tilgan jihatlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo’nalishlari yoritib o’tilgan.