IJTIMOIY-IQTISODIY TRANSFORMATSIYA YO‘NALISHLARI

Authors

  • Ergasheva Gulbahor Toshkent shahar chilonzor tumani 2-son politexnikumi o`qituvchsisi Author

Keywords:

ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya, raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, ijtimoiy kapital, raqamli birdamlik kapitali, raqamli jamiyat.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy sharoitda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya jarayonlarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, bilim iqtisodiyoti va inson kapitalining roli ochib beriladi. Klassik iqtisodchilar (A. Smit, D. Rikardo, K. Marks) nazariyalarida transformatsiya ishlab chiqarish kuchlari rivoji bilan izohlangan bo‘lsa, zamonaviy yondashuvlarda bu jarayon texnologik to‘lqinlar va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiorqali tushuntirilmoqda. XXI asrda raqamli texnologiyalar — internet, sun’iy intellekt, blokcheyn, raqamli to‘lov tizimlari — nafaqat iqtisodiyotning texnik jihatlarini, balki jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi va ijtimoiy qadriyatlarini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Maqolada raqamli transformatsiyaning ikki asosiy yo‘nalishi — iqtisodiy tuzilmalarning raqamli modelga o‘tishi hamda ijtimoiy aloqalarning raqamli makonga ko‘chishi — batafsil yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy birdamlik va ishonch yangi shakl — “raqamli birdamlik kapitali” ko‘rinishida namoyon bo‘layotgani aniqlanadi. Ushbu kapital jamiyatning iqtisodiy barqarorligi, innovatsion faolligi va ijtimoiy integratsiyasining muhim omili sifatida baholanadi.                                                                

Downloads

Download data is not yet available.

References

Абдуллаева, М. М. Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorining transformatsiyasi. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, №3, 2022. – Б. 27–36.

Xakimov, S. Raqamli iqtisodiyot va uning O‘zbekiston iqtisodiy tizimiga ta’siri. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni. – PQ–6079, 2020 yil 5 oktyabr.

World Bank Report: Digital Transformation of the

Smith, A. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. – London: W. Strahan and T. Cadell, 1776.

Ricardo, D. Principles of Political Economy and Taxation. – London: John Murray, 1817.

Marx, K. Capital: A Critique of Political Economy. – Moscow: Progress Publishers, 1970.

Stiglitz, J. E. People, Power, and Profits: Progressive Capitalism for an Age of Discontent. – New York: W.W. Norton, 2019.

Schwab, K. The Fourth Industrial Revolution. – Geneva: World Economic Forum, 2016.

Tapscott, D. Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence. – New York: McGraw-Hill, 1995.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. – New York: W.W. Norton, 2014.

Касьянова, Н. В. Цифровая экономика и трансформация социально-экономических отношений. // Экономическая наука современной России, №2, 2021. – С. 45–59.

Downloads

Published

2025-12-01