STEVIA REBAUDIANA O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
dorivor, stevia rebaudiana, kverstatin, rutin, steviozid, konditer, flavonoidlar.Abstract
Maqolada steviya o’simligining dorivorlik xususiyatlari va shifobaxshligi yoritib berilgan. O’simlik bargida shirin ta’m beruvchi 6-7% steviozid (diterpenoid glikozid) moddasi mavjud bo’lib, iste’mol qilinadigan shakarga nisbatan 200-300 marotaba shirin bo’lsada past kaloriya beradi, quvvat manbaiga ega emas. Bundan tashqari tarkibida flavonoidlar (kverstetin, rutin), mineral moddalar (Ca, P, K, Se, Zn, Fe, Cr, Mg, Cu, Mn, Co), hamda vitaminlar (B guruh, A, C, E va h.k) mavjud. Steviya o’simligi organizmga umumiy quvvat va mustahkamlovchi sifatida ta’sir etadi. Bundan tashqari steviozid moddasi konditer sanoati (Yaponiya) da salqin ichimliklar, shirinliklar tayyorlashda shakar o’rniga keng miqyosda ishlatiladi.