KOMPOZITOR N.A.RIMSKIY-KORSAKOV IJOD YO’LI
Keywords:
Bu narsa uning inson va san’atkor sifatida yuksak insonparvarligi, haqiqiy do'stlikka va mas’uliyatga bo'lgan sodiqligidan darak beradi. 1883—yilda, konservatoriyadagi ish bilan bir vaqtda, N.A.Rimskiy-Korsakov Saroy qo'shiq kapellasida dars bera boshlaydi, bu yerda u o'n yildan ortiq xizmat qildi.Abstract
Kech o'quvchilik davridan keyin kompozitor ijodida yangi davr - uning iqtidorining yuksalishi boshlanadi. 1879- yilda Gogol povesti bo'yicha “May tuni”, 1881—yilda esa “Qor qiz” operalari yozib tugatildi. Ushbu yorqin bahor ertaklari nafis poeziya, muhabbat tuyg'usi va ajoyib sehr bilan yo'g'rilgan bo'lib, kompozitorga ulami “qadimiy butparastlik qoldiqlarini ifodalovchi xalq turmushining marosim taraflari” bilan bog'lash imkoniyatini berdi. 80-yillarda N.A.RimskiyKorsakov o'zining eng yaxshi simfonik.asarlari - “Ertak”, "Rus mavzulariga simfoniyetta”, fortepiano konserti, “Ispan kaprichchiosi”, “Yorqin bayram” konsert uvertyurasi, “Shahrizoda” syuitasini yaratadi. U vafot etgan o'z do'stlari: M.Musorgskiy va A.Borodin asarlarini yozib tugatish hamda tahrir qilishga ko'p vaqt sarllaydi.
Downloads
References
В. Владимиров., А. Лагутин. Музыкальная литература. М.: Изд. “Музыка” - 1971.
И. Прохорова. Музыкальная литература зарубежных стран. М.: Изд. “Музыка” - 1986.
В. Галацкая. Музыкальная литература зарубежных стран. 1-выпуск. М.: Изд. “Музыка” - 2002.