DUKKAKLI-DON EKINLARI KO‘CHAT SONINING O‘SIMLIKLARNI O‘SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Tursunov Avazbek Abdulvoxidovich Mustaqil izlanuvchi. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtrish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi. Mustaqil izlanuvchi Author

Keywords:

mosh, no‘xat, loviya, bo‘y, barg, hosil shohi, ko‘chat qalinligi, dukkak, don soni

Abstract

Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishda mavjud resurslardan tejamkor va samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etgan holda ekinlar parvarishlash buguni kunda dolzarb masala hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqotda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘za bilan birga mosh, no‘xat va loviyani ikki xil 166 va 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlanganda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra o‘simliklarni ko‘chat soni kam bo‘lganda, o‘simlik bo‘yi, barg soni, hosil shohlari, shona, gul, dukkaklari, dukkakdagi don soni yuqori bo‘lishi kuzatildi. Bunda, mosh, no‘xat, loviyani ko‘chat soni 166 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlangan variantlarga nisbatan 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlangan variantlarda, pishi davri boshlanish vaqtida olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, o‘simliklar bo‘yi 4,1; 1,6; 2,8 sm, barg soni 3,9; 81,4; 4,0 dona, dukkaklar soni 4,8; 0,9; 0,9 donaga ko‘p bo‘lganligi aniqlandi. O‘simlikda shakllangan dukkaklar soni 3,5; 7,3; 0,5 donaga, bir dukkakdagi don 0,8; 0,1; 1,0 donaga ortiq bo‘lganligi kuzatildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ko‘chat qalinligi yuqori bo‘lishi o‘simliklarni o‘sib rivojlanishiga nisbatan salbiy ta’sir etishi aniqlandi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Ataboeva X.N,. Xudayqulov J.B O‘simlikshunoslik.- Toshkent : Fan va texnologiya, -2018. 192-194-b.

Idrisov X.A Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqla sharoitida mosh navlari ekish me’yorining hosil shakllanishiga ta’siri / Boshoqli don va dukkakli ekinlarning yangi navlarini parvarishlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalarini qo’llashning ilmiy asoslari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar to’plami 2023-yil, 12 may, B 30-31

Mavlyanova R.F., Sulaymonov B.A., Boltaev B.S., Mansurov X.G., Kenjabaev SH.M Mosh yetishtirish texnologiyasi. Tavsiyanoma.-“Navro‘z” nashiryoti, Toshkent-2018. 11-b.

Mustanov S.B., Umurzoqov U.E. Formation of nodule bactyeria on chickpea roots in Uzbekistan // Development issues of innovative economy in the agricultural sector. Intyernational scientific practical confyerence on March 25-26, 2021. Pp-73-75.

Ravshanova N.A., Otayorova G.U., Raximova D.I., Polvonov S.A. Hamkor va aralash ekilgan mosh va g‘o‘za ekinlarining rivojlanishi // Paxtachilik va donchilik ilmiy-amaliy jurnali. № 2 (6) Toshkent-2022. 71-76 b.

Downloads

Published

2025-11-01