MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING IMIDJINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Begimkulova Zamira SHeraliyevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti magistranti. Author
  • A’zamova Malohat Nadjimovna Toshkent shahridagi Puchon universiteti dotsenti, Phd. Author

Keywords:

Maktabgacha ta’lim, MTT direktori, imidj, professional imidj, rahbarlik, boshqaruv, imidj shakllantirish mexanizmlari, liderlik, kommunikasiya.

Abstract

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) jamiyat hayotida tobora muhim o’rin egallab bormoqda, ularning samarali faoliyati esa ko’p jihatdan rahbarlarning boshqaruv salohiyatiga bog’liq. Bu jarayonda MTT direktorining professional va shaxsiy imidji hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki rahbarning ijobiy imidji MTMning obro’sini oshiradi, pedagogik jamoaning motivasiyasini kuchaytiradi, ota-onalar va keng jamoatchilikning ishonchini qozonadi hamda ta’lim-tarbiya sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu maqola MTT direktorlarining samarali imidjini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida imidj, imidjmeyking tushunchalarining mohiyati, uning pedagogik va boshqaruv faoliyatidagi o’rni, shuningdek, uni shakllantiruvchi asosiy omillar xorijiy va mahalliy adabiyotlar tahlili asosida o’rganilgan. Maqolada rahbar imidjini shakllantiruvchi asosiy komponentlar: professional kompetentlik, kommunikativ mahorat, etika va qadriyatlarga rioya qilish, liderlik qobiliyatlari, tashkiliy madaniyat, tashqi ko’rinish madaniyati hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash kabi asosiy mexanizmlar batafsil ko’rib chiqiladi. Shuningdek, rahbarning o’z-o’zini rivojlantirish va doimiy o’rganishning imidj shakllantirishdagi ahamiyati hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Boʻriyev, X.K. (2024). Malaka oshirish tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish.

Qodirova, N. (2019). Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiya.

Karimova, D.X. (2020). “Ta’lim muassasalari rahbarlarining imidjini shakllantirishda kommunikativ kompetensiyaning o’rni”. Pedagogika va psixologiya jurnali, №3, 45–52.

UNESCO. (2017). early CHildhood Care and education: Learning through Play. Paris: UNESCO Publishing.

Xolmatova, G. (2022). Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyalari. Toshkent: O’qituvchi.

Drucker, P. (2007). Management CHallenges for the 21st Century. New YOrk: Harper Business.

SHirinova, M. (2021). “Rahbar shaxsiy fazilatlari va imidj shakllanishi”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali, №2, 88–95.

Downloads

Published

2025-12-01