“TURKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI” JURNALI FAOLIYATI TARIXIDAN

Authors

  • Narziyeva Maftuna Adxamovna ORCID ID 0009-0002-2053-8900 Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti(O‘zbekiston) Author

Keywords:

Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati, “Turkiston qishloq xo‘jaligi” jurnali, Toshkent uyezdi, Rixard Rixardovich Shreder, Xo‘jand uyezdi.

Abstract

Ushbu tezisda Turkiston qishloq xo‘jalik jamiyatining “Turkiston qishloq xo‘jaligi” jurnali, unda bosilgan maqolalar va xabarlar, bog‘dorchilik, mevachilik, uzumchilik, vinochilik, dala yumushlari, paxtachilik kabi sohalar hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar manbalar asosida ochib berilgan. Bundan tashqari jurnalning yillik faoliyati, maqolalar mualliflari, jurnal faollarining mintaqadagi dehqon va bog‘bonlarni jurnal atrofida birlashtirish, ular erishgan yutuq va yangiliklar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida olib borgan ish uslublari haqida ma’lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, “Turkiston qishloq xo’jaligi” jurnali sahifalarida berib borilgan foydali ruknlar, ilmiy maqolalarning Turkiston o‘lkasida qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, polizchilik, pillachilik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qishloq aholisining xo‘jalik hayotiga ta’siri va ijobiy natijalar haqida fikr yuritilgan. “Turkiston qishloq xo‘jaligi” jurnali Turkistonda qishloq xo‘jaligi madaniyatini rivojlantirishda, yangi ekin navlarini o‘lkada targ‘ib qilishda, dehqon va bog‘bonlar tajribasi va bilimlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1O‘zbekiston Milliy Arxivi, I-103-fond, 1-ro‘yxat, 215-yig‘ma jild.

2O‘zbekiston Milliy Arxivi, I-103-fond, 1-ro‘yxat, 12-yig‘ma jild.

3O‘zbekiston Milliy Arxivi, I-103-fond, 1-ro‘yxat, 227-yig‘ma jild.

4Залкин М.И. Из истории научных обществ в Туркестане. Туркестанское общество сельского хозяйство (1885-1917 гг.). Автореф. дисс. на сомск. учён. степ. канд. ист. наук. Изд. САГУ. Ташкент – 1955.

5Кондрашев С. О культуре кунжута// Туркестанское сельское хозяйство. -1912. №1.

6Туркестанское сельское хозяйство; 1911г. -№1-12.

Downloads

Published

2025-11-21