O‘PKA SHAMOLLASHINING PEDIATRIK HOLATLARDA KECHISHI VA ASORATLARI
Abstract
Mazkur maolada bolalarda o‘pka shamollashining (pnevmoniya) kechish xususiyatlari, klinik belgilari, diagnostikasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Pediatrik holatlarda kasallikning o‘ziga xos jihatlari, immun tizimning roli va davolash yondashuvlari yoritilgan.Mazkur maqolada o‘pka shamollashi (pnevmoniya)ning pediatrik holatlarda kechishi, uning klinik ko‘rinishlari, tashxislash usullari hamda davolash yondashuvlari tahlil etilgan. Bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari sababli bu kasallik og‘ir kechishi va ko‘plab asoratlar bilan yakunlanishi mumkin. Asosiy e’tibor — erta tashxis qo‘yish, to‘g‘ri davolash strategiyasini tanlash va profilaktik choralarga qaratilgan. Shuningdek, maqolada o‘pka shamollashining yengil, o‘rta va og‘ir shakllari, ularning klinik farqlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar — plevrit, bronxiektaziya, nafas yetishmovchiligi kabi holatlar yoritib berilgan. Tadqiqotda zamonaviy diagnostika vositalari va antibiotikoterapiya usullari asosida tavsiyalar berilgan.