TALABALARGA TEKISLIKDA KVADRATNING KANONIK TENGLAMASI VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Keywords:
kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, oshkormas funksiya, chiziqli funksiya, dekart koordinatalar sistemasi, kanonik tenglama, simmetriya, simmetriya o‘qi.Abstract
Evklid tekislikda berilgan to‘g‘ri chiziq va ikkinchi tartibli chiziqlar o‘zlarining kanonik tenglamalari orqali ifodalanadi. Bu kanonik tenglamalar haqida maktab matematika kursida va oliy o‘quv yurtlarining oliy matematika darslarida talabalarga ma’lumotlar beriladi va batafsil tahlil qilinadi. Lekin, bu kurslarda ko‘pburchaklarni ifodalovchi tenglamalar haqida so‘z yuritilmagan. Ushbu maqolada Evklid tekisligida berilgan kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchaklarning kanonik tenglamalari keltrib chiqarilgan va uning xossalari o‘rganilgan. Talabalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak kanonik tenglamalarini keltirib chiqarish usullarini va bu kanonik tenglamalar yordamida mos shakllarning geometrik xossalarini o‘rganish metodlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak kanonik tenglamalariga doir bilimlarni mustahkamlovchi amaliy masala va misollardan na’munalar keltirilgan.
Downloads
References
Abdulwahed M., Jaworski B. and Crawford A. R. Innovative approaches to teaching mathematics in higher education: a review and critique. Nordic Studies in Mathematics Education, 17(2), 2012, 49–68.
Ion T. and Popescu E. An innovative distance learning platform for mathematics education in secondary schools: Design, development and preliminary studies. Educ Inf Technol 2024. https://doi.org/10.1007/s10639-024-13040-z
Haydarov I.I., Nuritdinov J.T. Benefit from the GeoGebra program in solving problems of projective geometry, Open Access Repository. – 2023, Т. 9, №. 4, 298-302.
Anderson P. Coordinate Geometry: Theoretical and Practical Applications. Wiley. 2022.
Galyamova E., Matveev S., Kiselev B. Digital Simulators and Training Devices for Solving Geometric Problems. In: Guda, A. (eds) Networked Control Systems for Connected and Automated Vehicles. NN 2022. Lecture Notes in Networks and Systems, vol 510. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-031-11051-1_103
Badioze Zaman H., Bakar N., Ahmad A., Sulaiman R., Arshad H., Mohd. Yatim N.F. Virtual Visualisation Laboratory for Science and Mathematics Content. Lecture Notes in Computer Science, vol 5857. Springer, Berlin, Heidelberg. 2009. https://doi.org/10.1007/978-3-642-05036-7_34
Narmanov A.Y. Analitik geometriya.Тoshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashrivoti, 2008. — 176 b.