BOLA BILAN UCHRASHISH VA UNI OLIB BERISH: YEVROPA MAMLAKATLARI TAJRIBASI VA XALQARO STANDARTLAR
Keywords:
bola huquqlari, vasiylik nizolari, xalqaro huquqiy me’yorlar, haga konvensiyasi, Germaniya jugendamt tizimi, Buyuk Britaniya cafcass tizimi, vositachilik (meditatsiya),milliy va xalqaro standartlar;Abstract
Bola huquqlarini himoya qilish xalqaro huquqning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ota-onalar ajrashgan taqdirda ham bolaning manfaatlarini ta’minlash va uning ota-onasi bilan uchrashish huquqini kafolatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Yevropa mamlakatlarining bola bilan uchrashish va uni olib berish sohasidagi tajribasi, xalqaro huquqiy normalar va milliy qonunchilik asosida ishlab chiqilgan mexanizmlar tahlil qilinadi.
Xususan, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyaning sud tizimi, ijtimoiy xizmatlari va vositachilik institutlarining bola huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Mazkur mamlakatlarda sud qarorlarining ijrosi, ota-onalar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishda ijtimoiy xizmatlarning ishtiroki va bolaning psixologik farovonligini ta’minlash mexanizmlari tahlil etiladi.
Shuningdek, maqolada 1989-yilgi BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, 1980-yilgi Haga konvensiyasi hamda Yevropa Inson huquqlari konvensiyasining bola bilan uchrashish va uni ota-onasiga qaytarish borasidagi talablari yoritiladi. Xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ilgari suriladi. Maqolada bola manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda sud qarorlarini samarali ijro etish, vositachilik tizimini rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Downloads
References
Birlashgan Millatlar Tashkiloti. (1989). Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. BMT rasmiy sayti: https://www.un.org
Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi. (1950). Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya. Yevropa Kengashi hujjatlari.
1980-yilgi Haga Konvensiyasi. (1980). Xalqaro bolalarni o‘g‘irlash holatlariga oid konvensiya. Haga Konferensiyasi rasmiy sayti: https://www.hcch.net
Germaniya Federal Qonunlari. (2023). Jugendamt faoliyati va bola huquqlari bo‘yicha qonunchilik. Berlin: Federal Adliya Vazirligi.
Fransiya Oila Kodeksi. (2022). Bola bilan uchrashish va uni ota-onasiga qaytarish tartiblari. Parij: Fransiya Adliya Vazirligi.
Buyuk Britaniya Oila huquqi. (2021). Cafcass tizimi va bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlari. London: Britaniya Hukumati nashriyoti.
Yevropa Inson huquqlari sudi qarorlari. (2023). Bola bilan uchrashish va uni olib berish bo‘yicha sud amaliyoti. Strasburg: YIHS Arxivlari.