IJTIMOIY XIZMATLAR SOHASIDA KASBIY ETIKA VA AXLOQIY TAMOYILLAR.
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy xizmatlar sohasida kasbiy etika va axloqiy tamoyillar muhimligi tahlil qilingan. Maqolada, ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining kasbiy faoliyatida rioya qilishi kerak bo'lgan axloqiy qoidalar va prinsiplarga, shuningdek, bu qoidalarning mijozlar bilan ishlashda qanday ro’l o'ynashi haqida so'z yuritilgan. Kasbiy etika, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, adolat va tenglikni ta'minlash, kasbiy mas'uliyatni to'g'ri bajarish kabi tamoyillar ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislarning samarali va professionallar sifatida faoliyat yuritishlari uchun zarur ekanligi ko'rsatilgan. Shuningdek, kasbiy axloqni buzishning ijtimoiy oqibatlari, mijozlarning ishonchini yo'qotish va sohaning samaradorligini pasaytirishi mumkinligi haqida ham ma'lumot berilgan. Maqola, ijtimoiy xizmatlar sohasida etik prinsiplarga qat'iy rioya qilishning jamiyatdagi adolat va inson huquqlariga hurmatni ta'minlashdagi o'rnini ta'kidlaydi.
Downloads
References
Ahmadjonova D.X. "Ijtimoiy ish asoslari", Toshkent, 2021.
Karimova M., "Kasbiy etika va ijtimoiy ish", Toshkent, 2022.
O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Lex.uz/mact/-3083192